calendar 30 Jul 04:10
eye 53
comments 0
comments Manba: daryo

Shveysariya 10 yil davom etgan surishtiruvdan keyin “Magnitskiy ishi”ni yopdi

image

Shveysariya Bosh prokuraturasi Uilyam Brauderning Hermitage Capital Management kompaniyasi tomonidan 2011-yilning mart oyida kiritilgan da’vo bo‘yicha olib borilayotgan jinoiy ishni yopdi. Bu haqda prokuratura veb-saytiga tayanib “RBK” xabar berdi.

Saxarov markazida Sergey Magnitskiyni xotirlash kechasi

Foto: “TASS”

Sud ishiga 2009-yilda “Matrosskaya Tishina” tergov izolyatorida vafot etgan advokat va auditor Sergey Magnitskiy tomonidan e’lon qilingan QQSni qaytarish va Rossiya budjetidan o‘g‘irliklar bilan bog‘liq firibgarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

Gumon qilinganidek, 2007-yil oxirida Rossiya soliq organlari zarariga sodir etilgan firibgarlik natijasida umumiy qiymati 230 million AQSh dollariga teng bo‘lgan soliqlar asossiz qaytarib olingan. Ushbu mablag‘lar go‘yoki, avval Rossiyada, so‘ngra boshqa qator mamlakatlarda, shu jumladan, 2008-yildan 2010-yilgacha qisman Shveysariyada “yuvilgan”.

“Rossiyada Sergey Magnitskiyning o‘limi bilan bog‘liq holatlar va uning siyosiy oqibatlari, shu jumladan, ‘Magnitskiy ro‘yxatlari’ ushbu tergov mavzusi emas”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tergovchilar Shveysariyadagi ko‘plab bank hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumot oldi, xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, Moldova, Litva, Rossiya, Kipr, AQSh hukumatiga o‘zaro yordam berish to‘g‘risida ko‘plab so‘rovlar yubordi, shuningdekб Shveysariyada va chet elda ko‘plab shaxslar bilan suhbatlashdi.

To‘plangan ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, tergov davomida Shveysariyada biror kishiga ayblov e’lon qilish mumkin bo‘lgan dalillar topilmadi, shuning uchun prokuratura ishni yopishga qaror qildi.

Biroq tergov jarayonida Shveysariyada muzlatilgan ba’zi aktivlar Rossiyada sodir etilgan qoidabuzarlik bilan bog‘liqligi aniqlandi. Natijada prokuratura 4 million Shveysariya frankidan ko‘proq (4 million dollardan ko‘proq) mablag‘ni musodara qilishga qaror qildi.

Advokat va auditor Sergey Magnitskiy Rossiyada 2008-yilda Hermitage Capital fondining soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha hibsga olingan. U 2009-yilda “Matrosskaya Tishina” tergov izolyatorida vafot etdi. Vafotidan keyin 2013-yilda aybdor deb topildi. Hermitage Capital rahbari Uilyam Brauderning so‘zlariga ko‘ra, tergov izolyatorida Magnitskiyni o‘ldirishgan, uning ta’qib qilinishi auditor Rossiya budjetidan 230 million dollar o‘g‘irlanishiga oid korrupsion sxemani fosh qilgani bilan bog‘liq.

Magnitskiyning o‘limi va Brauderning bayonotlari AQShda “Magnitskiy akti” qabul qilinishiga sabab bo‘ldi, uning asosida Rossiyaning ayrim fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy qilindi. Keyinchalik ushbu sanksiyalarga Yevropa Ittifoqi, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar qo‘shildi. So‘nggi o‘n yil ichida Brauder rossiyaliklar tomonidan Shvetsiya, Estoniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda pul yuvilishi ehtimoli bo‘yicha bir qator tekshiruvlarni boshladi.

Rossiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha Brauderga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. 2013-yilda u sirtdan umumiy rejimdagi koloniyaga to‘qqiz yilga hukm qilingan. 2018-yilda unga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi — Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, fond rahbari soliqlardan qochish uchun transmilliy jinoiy hamjamiyatni va shu bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini tuzgan.

2019-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Sergey Magnitskiy, uning rafiqasi Natalya Jarikova va onasi Natalya Magnitskayaning shikoyatini qanoatlantirdi. Magnitskiy 2009-yil 11 iyulda — o‘limidan to‘rt oy oldin Yevropa sudiga o‘z nomidan shikoyat bilan murojaat qilgan. Magnitskiyning bevasi 2010-yil mart oyida shikoyatga qo‘shilgan; auditorning onasi sudga 2012-yil avgustda murojaat qilgan.

Sud Rossiya hukumati qamoqxona rahbariyati tomonidan Magnitskiyga nisbatan yashash huquqi, hibsda saqlash va muomala chog‘ida qiynoqlarning taqiqlanishi shartlari buzilishiga yo‘l qo‘yib bergan deb topdi. Yevropa sudi, shuningdek, Rossiya Magnitskiyga nisbatan hibsda ma’qul muddat saqlash va ma’qul muddatda adolatli sud qilinish bilan bog‘liq tartib-qoidalarni buzganini tasdiqladi. Sud ikki arizachiga 34 000 yevro undirib berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
36
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

16 Apr 09:12
 
27
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin

16 Apr 15:12
 
42
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi