Shavkat Mirziyoyev 64 yoshga to‘lgani munosabati bilan uni chin yurakdan tabriklagan hammaga minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 64 yoshga to‘lgani munosabati bilan uni “chin yurakdan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo‘llagan chet el davlat va hukumat, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblariga, ishbilarmon doiralar vakillariga, O‘zbekistondagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarga” chuqur minnatdorligini izhor qildi.
“Hech shubhasiz, men uchun g‘oyat qadrli bo‘lgan ushbu tabrik va tilaklarni ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat hamda ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining yana bir e’tirofi sifatida qabul qilaman”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan minnatdorlik xatida.
Shavkat Mirziyoyev “yurtda keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch bo‘lib kelayotgan mehnatkash, mard va olijanob xalqqa yana bir bor o‘zining cheksiz farzandlik mehri va hurmatini bildirishdan behad mamnun”ligini alohida ta’kidlagan.
“Ishonchim komilki, xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik salohiyati va hamjihatligi bilan yangi O‘zbekistonni barpo etish, el-yurtimizning tinch-osoyishta hayoti va farovonligini ta’minlash bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak ezgu-maqsadlarga, albatta, yetamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 64 yoshga to‘ldi. Uning tavallud kuni munosabati bilan, jumladan, xorijiy davlat va hukumat rahbarlari tabriklar yo‘llagani haqida avval xabar berilgan edi. Qayd etish joiz, Prezident 2020-yili ham uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganlarga minnatdorchilik bildirgan edi.
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'26,23 soʻmga'tushdi va'12 938,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'33,72'soʻmga'pastlab,'14 710,73'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,23 soʻmga'oshdi va'159,51 soʻmni'tashkil qildi.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu