calendar 21 Jul 17:31
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir

"Afrosiyob" tezyurar poyezdi Rossiyadan O'zbekiston tomon yo'l oldi

image
image_2021-07-21_21-31-44

Avvalroq Ispaniyaning Bilbao portidan yo'lga chiqqan "Afrosiyob" poyezdi, yaʻni 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga yetib kelgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 21 iyul kuni "O'ztemir yo'lyo'lovchi" Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ispaniyadan olib kelinayotgan "Afrosiyob" tezyurar poyezdi vagon va lokomotivlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O'zbekistonga yo'l olgan.

Qayd etilishicha, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur poyezdni O'zbekistonga olib kelishga hozirlagan. Joriy yil 20 iyul kuni Afrosiyob poyezdi Sankt-Peterburg shahridan O'zbekistonga qarab yo'lga chiqqan.

Maʻlumot uchun, "Afrosiyob" poyezdlarini sotib olish masalasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida keltirib o'tilgan.

Unga ko'ra, 2021 yilning dekabriga qadar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yo'lovchi elektr poyezdi hamda 4 ta "ekonom" toifali vagon xarid qiladi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2021 yilda yirik ishlab chiqarish obʻyektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo'yicha manzilli dasturda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ uchun jami investitsiyalar hajmi 696,2 million AQSh dollarini tashkil qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland