calendar 12 Jul 17:40
eye 57
comments 0
comments Manba: sof

Zangiotada bemorlarga yaxshi qaralmayaptimi? — SSV munosabat bildirdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus ko'payganligi va Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar muassasasiga qaraganda bemorlar yaxshi parvarish qilinmayotgani haqidagi audio xabar haqiqatga zid, deb yozadi SSV matbuot xizmati.

Maʻlumki, koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari asosida qurilgan Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2 ta yirik davolash  kompleksini o'z ichiga oladi. Ularni barpo etishda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan bo'lib, har ikki muassasa jami 4 ming o'ringa mo'ljallangan.

Shifoxonalar laboratoriyasida virusologiya, biokimyo va immunologiya, mikrobiologiya, parazitologiya bo'yicha eng ilg'or apparatlar o'rnatilgan. Masalan, amaldagi polimer zanjirli reaktsiya uskunasi 5 soatda o'rtacha 40 nafar kishiga tashxis qo'ysa, bu yerdagi zamonaviy jihozlar 2 soatda 90 ta namunani aniqlash imkoniyatiga ega.

Har ikki davolash muassasasida ham bir xilda ekspress-test usulida qondagi antitanachalarni 10 daqiqada aniqlash imkoni yaratilgan. Bundan tashqari, polimer zanjirli reaktsiyaning antigen ekspress testi ham yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, har ikki kompleksning qabul-diagnostika bo'limida multispiral kompyuter va magnit rezonans tomografiya, raqamli rentgen hamda zamonaviy ultratovush diagnostikasini bir vaqtning o'zida bajarish mumkin.

Alohida qayd etib o'tish kerakki, statsionar joylarning barchasi bokslangan va har bir xonadagi havo boshqasiga o'tmaydi. Palatalarga kirib-chiqish, xizmat ko'rsatish alohida bo'lib, kelgan kasallar qabul bo'limidan tambur orqali to'g'ridan-to'g'ri palataga joylashtiriladi.

Barcha korpuslar, bo'linmalar yashil, sariq va qizil yo'laklar bilan ajratilgan. Bu esa tashxisi noaniq bo'lganlar, vrachlar va boshqa xizmatchilarning xavfsizligini taʻminlash imkonini beradi.

Yuqorida sanab o'tilgan shart-sharoit va zamonaviy tibbiy jihozlar  Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining har ikkala kompleksida ham bir xil taʻminlanganligi barobarida tibbiyot xodimlarining bilim, malaka va tajribasi ham talab darajasida.

Ayni paytda ikki muassasada ham bemorlarga shifokorlar tomonidan «COVID-19» koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo'yicha vaqtinchalik tavsiyalarning oxirgi nashriga binoan malakali tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et

14 Apr 06:18
 
43
0
xs.uz

Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va 'Lacetti' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida 'Lacetti'ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.Hozirda holat yuzasidan Toshken

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

12 Apr 21:14
 
30
0
xs.uz

Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi

Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik