calendar 01 Jul 22:10
eye 48
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi eng ko‘p qaysi vaksina qo‘llanilgani ma’lum qilindi

image

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov AOKAda o‘tkazilgan brifingda mamlakatda o‘zbek—xitoy vaksinasi eng ommabop ekanini aytdi.

Foto: “Daryo”

Emlanganlarning 77 foizi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan foydalangan, 18 foizi AstraZeneca (CoViShield), 5 foizi — “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan.

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha O‘zbekistonda jami 3 680 361 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 2 158 045 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 224 271 nafarni,
  • 3-bosqichda emlanganlar 298 045 nafarni tashkil qilmoqda.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda kuzatilgan:

  • Namangan viloyatida — 442 315 doza;
  • Farg‘ona viloyatida — 423 601 doza;
  • Andijon viloyatida — 408 816 doza.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetgan. Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgandi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi. Endi 50 yosh va undan kattalar bepul vaksina olishi mumkin. Toshkentda 28-iyundan 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamni koronavirus infeksiyasiga qarshi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanash boshlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)