O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mard o'g'lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risidagi qarori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faollik ko'rsatib, o'zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi O'zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak maʻnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qatʻiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʻuliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan fidoyi va mard o'g'lonlarimizni munosib rag'batlantirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo'yicha komissiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʻlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʻat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o'g'lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risidagi takliflari ilovadagi ro'yxatga muvofiq maʻqullansin.
«Mard o'g'lon» davlat mukofoti bo'yicha ko'zda tutilgan 28 ta mukofot o'rniga 2021 yil uchun istisno tariqasida 29 ta mukofot berilishi belgilansin.
2. «Mard o'g'lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.
3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Mard o'g'lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʻminlasin.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Mard o'g'lon» davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʻdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri,
2021 yil 28 iyun
* * *
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 28 iyundagi PQ&ndaш;5164-son qaroriga
ilova
«Mard o'g'lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
RO'YXATI
Madraimov Rustamjon Matkarimovich - Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining 4-bosqich talabasi (Qoraqalpog'iston Respublikasi)
Nurniyazov Arman Arzubay uli - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining 4-bosqich talabasi (Qoraqalpog'iston Respublikasi)
Bektashev Islomjon Baxtiyor o'g'li - Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi (Andijon viloyati)
Olimov Xayrullo Xolmirzayevich - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Andijon viloyati)
Jumayev Jahongir Uktam o'g'li - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Buxoro viloyati)
Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich - Qorako'l tumanidagi xalqaro matematika maktabining 9-sinf o'quvchisi (Buxoro viloyati)
Safarov Qodiri Qoplonbek Abdujalil o'g'li - Jizzax politexnika institutining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
Turdiqulov Hamidulla Alisher o'g'li - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 2-bosqich o'quvchisi (Jizzax viloyati)
Abdurashidov Bobur Kamolovich - Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurtining 4-bosqich kursanti (Qashqadaryo viloyati)
Karomatov Davurxon Fozil o'g'li - Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Petrov Login Aleksandrovich - Navoiy shahridagi 13-umumiy o'rta taʻlim maktabining 11-sinf o'quvchisi (Navoiy viloyati)
Sharopov Shohrux Shavkatovich - Karmana tumanidagi «Karmana Al-Aziz Avitsenna» masʻuliyati cheklangan jamiyati taʻsischisi (Navoiy viloyati)
Asilbekov Islom Egamberdi o'g'li - O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Umurzakov Bekzod Nemat o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Uchqo'rg'on tumani qo'riqlash bo'limi safdor-xodimi (Namangan viloyati)
Abdullayev Abduraxmon Feruzovich - Samarqand shahridagi 17-umumiy o'rta taʻlim maktabining 11-sinf o'quvchisi (Samarqand viloyati)
Oripov Shaxzod Ilxom o'g'li - Samarqand viloyati Urgut tumani favqulodda vaziyatlar bo'limining yong'in-qutqaruv qismi smena boshlig'i
Faxriyev Jahongir Alisherovich - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)
Karimov Dilshod Mashrab o'g'li - Oqoltin tumanidagi 7-bolalar musiqa va sanʻat maktabi direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari (Sirdaryo viloyati)
Mavlonov Yorbek Abduvait o'g'li - Sirdaryo viloyati «New Level Шoes» oilaviy korxonasi rahbari
Ayubjonov Asadbek O'lmasovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 8-sinf o'quvchisi (Surxondaryo viloyati)
Murodulloyev Maʻrufjon Fayzullo o'g'li-O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʻzosi (Surxondaryo viloyati)
Avazov Sardorjon Erkin o'g'l - Toshkent davlat agrar universitetining qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori (Toshkent viloyati)
Umaraliyev Fazliddin Faxritdin o'g'li - O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Karimov Davlatjon Shermaxomot o'g'li - Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi (Farg'ona viloyati)
Haydarov Temurbek Tohirjon o'g'li - Farg'ona davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Farg'ona viloyati)
Jumaniyazov Aminzoda G'ayratovich - O'zbekiston davlat akademik katta teatri yetakchi opera solisti (Xorazm viloyati)
Ko'palbayev Azamat G'ayrat o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari xodimi (Xorazm viloyati)
Abdukayumov Firdavs Zoxidovich - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi (Toshkent shahri)
Anvarov Fazliddin Ubaydulla o'g'li - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)
Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?
Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir
Isroil Eronning barcha dronlarini urib tushirdi va yana Eron hududiga zarba berdi
Isroil mudofaa kuchlari Eron dronlarini muvaffaqiyatli tutib olgan. Bu haqda 'Ynet' axborot portali xabar bermoqda.Yahudiy davlati armiyasi 13-iyun, juma kuni Eronga hujum qildi. Isroil armiyasi bu operatsiyani 'Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish salohiyatini jilovlash uchun ogohlantiruvchi hujum' dedi.Hujumlar Natanzdagi uranni boyitish markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar va harbiylar yashayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.Eronning IRNA
Tramp va Mask omma oldida janjallashdi
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi