calendar 30 Jun 12:50
eye 36
comments 0
comments Manba: mahalladosh

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

image

Bugungi kunda yangi O'zbekiston yoshlariga har tomonlama eʻtibor va g'amxo'rlik ko'rsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishiga aylanmoqda. Jismoniy va maʻnaviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Bu jarayonda o'z taqdiri va kelajagini Vatanimiz taqdiri va istiqboli bilan uzviy bog'liq holda ko'radigan, shu yo'lda har qanday sinov va mashaqqatlarni yengib o'tishga, jasorat va matonat ko'rsatishga tayyor bo'lgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan o'g'il-qizlarimiz safi tobora kengayib borayotganini alohida taʻkidlash lozim. 

O'zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo'nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro'-eʻtiborini yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan, tengdoshlariga o'rnak va namuna bo'lib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida quyidagilar davlat mukofotlari bilan taqdirlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Saʻdullayev Alisher Zafar o'g'li-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

«Do'stlik» ordeni bilan

Abduraimov Behzod Abdurazakovich-Amerika Qo'shma Shtatlari Missuri shtatidagi Park universiteti musiqa markazi rezidenti

Daniyarov Abatbay Saparbayevich-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i

Zabrodina-Sattarova Inara Nailevna-Uchtepa tumanidagi 2-bolalar va o'smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo'yicha murabbiysi, Toshkent shahri

Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari

Normatov Xurshid Abdurashidovich-Farg'ona shahridagi «Uz-Segang» qo'shma korxonasi taʻsischisi, Farg'ona viloyati

Yudakov Aleksandr Andreyevich-O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi katta ilmiy xodimi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdatova Shahnoza Buriyevna-O'zbekiston yoshlar ittifoqining Xovos tumani 16-umumiy o'rta taʻlim maktabidagi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, Sirdaryo viloyati

Abdinazarov Abduraxmon Zokirjon o'g'li-Qiziriq tumani madaniyat bo'limi mutaxassisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

Abdurazoqov Olloyor Alijon o'g'li-Uchko'prik tumanidagi «Mehrigiyo» xususiy korxonasining eksport-import masalalari bo'yicha direktori, Farg'ona viloyati

Abduraxmonov Nuriddin Ulug'bekovich-Xo'jaobod tumanidagi «Oliy standart tex» masʻuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Asadullayeva Visola Bexzod qizi-Andijon shahridagi 13-umumiy o'rta taʻlim maktabi 11-sinf o'quvchisi, Andijon viloyati

Atakulova Nargiza Abdiganiyevna-«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyatining rux zavodi laboranti, Toshkent viloyati

Axmedjanov Muzaffar Baxtiyor o'g'li-Namangan shahridagi «Dashtbog'» mahalla fuqarolar yig'ini raisi, Namangan viloyati

Jovliyev Javlonbek Ortiqovich-Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining tayanch doktoranti

Joldasova Shaxnoza Batirovna-O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi

Islamov Samandar Baxodir o'g'li-Jizzax shahridagi «Samandar shirinliklari» oilaviy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati

Kim  Denis Vitalyevich-O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i

Mamadiyev Farxodbek Qobil o'g'li-Andijon tumanidagi «Clasika Шoes International» masʻuliyati cheklangan jamiyati taʻsischisi, Andijon viloyati

Muxtorov Mardonxo'ja Muxammadjon o'g'li-Buvayda tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Farg'ona viloyati

Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi-O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi

Ortiqov Umidjon To'xtasin o'g'li-Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyining informatika fani o'qituvchisi

Polvonov Abbosxon Saidabrorxon o'g'li-Pop tumanidagi «Чodak nihol tex» masʻuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Po'latov Jahongir Xolboy o'g'li-Toshkent shahridagi «Cambridge» o'quv markazi bosh direktori

Ruxiddinov Xayrulla Xayriddin o'g'li-Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta taʻlim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi, Toshkent viloyati

Saydullayeva Shodiyona Sayfulla qizi-Navoiy shahridagi «Minor Millenium» masʻuliyati cheklangan jamiyatining minorali kran mashinisti, Navoiy viloyati

Toremuratov Nzamatdiin Begdiyarovich-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Bo'zatov tumani bo'limi boshlig'i, Qoraqalpog'iston Respublikasi

O'roqova Mahliyo Toshtemirovna-Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o'rta taʻlim maktabining 10-sinf o'quvchisi, Samarqand viloyati

Farmanov Bobur Baxromovich-«Ziё Forum» ilm, fan va taʻlim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori

Xakimov Sardor Anvarjon o'g'li-Oltiariq tumanidagi «Oltiariq barakali» fermer xo'jaligi boshlig'i, Farg'ona viloyati

Xojiyev Dilshodbek Maksudbek o'g'li-Tuproqqalʻa tumanidagi «New Best Style» masʻuliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish tsexi boshlig'i, Xorazm viloyati

Xolboyeva Shohsanam Anvarjon qizi-Toshkent davlat pedagogika universitetining 1-bosqich magistranti

Xudayorov Uyg'un Xolmurod o'g'li-Yakkabog' tumanidagi «Qorabayir» otchilik majmuasi chavandozi, Qashqadaryo viloyati

Chuyanova Elena Alijan qizi-Xalqaro Press-klub bo'lim boshlig'i 

Shakirov Said Ravshan Sobirovich-Buxoro shahridagi «Monday Labs» masʻuliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Shermatova Iroda Baxtiyor qizi-Toshkent farmatsevtika institutining tayanch doktoranti

«Shuhrat» medali bilan

Abdullayev Gulomjon Ozodovich-Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Abdimurodov Akmal Abdivoxid o'g'li-Sergeli tumanidagi «Mashhur Tohir Zuhro» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati elektrigi, Toshkent shahri

Abdunazarov Sobir Ibragimovich-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Abdurazzaqov Bunyodbek Begijon o'g'li-Asaka tumanidagi 24-umumiy o'rta taʻlim maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi, Andijon viloyati

Abjalilova Saboxatxon Soibjon qizi-Jalaquduq tumanidagi «Harir tola» masʻuliyati cheklangan jamiyatining ipak qurti boquvchisi, Andijon viloyati

Adhamjonov Temurbek Baxtiyor o'g'li- «Najot taʻlim markazi» nodavlat taʻlim muassasasi rahbari, Toshkent shahri

Artikxodjayeva Barnoxon Alisher qizi-O'zbekiston Milliy universitetining tayanch doktoranti

Axmedova Irodaxon Shoxitbekovna-Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazining Andijon viloyati bo'limi bosh mutaxassisi

Axmedova Nilufar Ilhomboy qizi-Respublika yoshlar markazining Xorazm viloyati bo'linmasi inklyuziv taʻlim to'garagi rahbari

Baltabayeva Nargiza Baxadirovna-Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog'iston Respublikasi

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay ug'li-Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Buranov Otabek Ibragimovich-Angor tumanidagi «Angor Surxon g'ururi» masʻuliyati cheklangan jamiyati kombaynchisi, Surxondaryo viloyati

Dayibekova Zaynab Kazbekovna-Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Jafarov Saidjamshid Rustam o'g'li-Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi, Buxoro viloyati

Jovliyeva Sevinch Faxriddin qizi-Yashnobod tumanidagi 19-bolalar musiqa va sanʻat maktabining anʻanaviy xonandalik bo'limi o'quvchisi, Toshkent shahri

Jumayev Ramozon Xasanovich-Sho'rchi tumanidagi «Hasan ota asallari» fermer xo'jaligi boshlig'i, Surxondaryo viloyati

Jumayev Ergash Ruzimuradovich-O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiya Respublikasidagi vakili

Izatullayev Shoxrux Alisher o'g'li-Bekobod tumanidagi «Юksaliш Premier Group» nodavlat taʻlim muassasasi rahbari, Toshkent viloyati

Islomov Majidxon Shamsiddinovich-Urgut tumanidagi «Urgut sanoat servis» oilaviy korxonasi rahbari, Samarqand viloyati

Qurbonov Bobur Samadullo o'g'li-Qarshi shahridagi 17-umumiy o'rta taʻlim maktabining chaqiruvgacha yoshlarni tayyorlash rahbari, Qashqadaryo viloyati

Qo'chqorov Fazliddin Ergash o'g'li-Shayxontohur tumanidagi «Premium Village» masʻuliyati cheklangan jamiyati arxitektori, Toshkent shahri

Mamtaliyeva Fotimaxon Odiljon qizi-Oltinko'l tumanidagi 35-umumiy o'rta taʻlim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, Andijon viloyati

Matniyazova Gulnoza Jumaboy qizi-Dzyudo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Mustayeva Elena Yuryevna-Namangan shahridagi Prezident maktabi direktori o'rinbosari, Namangan viloyati

Musurmonov Alisher Qahromonovich-Jizzax shahridagi «Aliteч Website Solutions» xususiy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati

Reimbayeva Saiyora Joldasbayevna-Qo'ng'irot tumanidagi 39-umumiy o'rta taʻlim maktabining informatika fani o'qituvchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi

Rustamov Ruslan Ulug'bekovich-Qarshi tumanidagi «Ruslan Media» masʻuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Sadullayeva Safina Erkinovna-Engil atletika bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Sodiqov Sardor Sodiqovich-Qarshi shahridagi «Global Education in Karшi» nodavlat taʻlim muassasasi direktori, Qashqadaryo viloyati

Sulaymonov Sohib Samadovich-Qorovulbozor tumanidagi «Buxoro Real Moto» masʻuliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Sultonov Abdulaziz Abduraxim o'g'li-«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassisi

Suxinin Nikita Viktorovich-Yunusobod tumani  elektr taʻminoti korxonasi elektr montyori, Toshkent shahri

Tashov Mizrob Maxmudovich-Samarqand shahridagi «Meʻmor O'tkir Chovka» masʻuliyati cheklangan jamiyati taʻsischisi, Samarqand viloyati

Turdibekova Sitora Shavkat qizi-Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

To'xsanov Shaxrillo G'aybullo o'g'li-Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri, Buxoro viloyati

Ubaydullayev Abduvoxid Muxiddin o'g'li-Bag'dod tumanidagi «Bag'dod zamin asali» dehqon xo'jaligi boshlig'i, Farg'ona viloyati

Ubaydullayev Nuriddin Toxir o'g'li-Toshkent davlat pedagogika universitetining tayanch doktoranti

O'ktamova Nigina Jasur qizi-Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Umarov Mavsimjon Mamurjonovich-Oltiariq tumanidagi «Mavsum agrologistika» ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Farg'ona viloyati

Usenov Salamat Batirxanovich-Konimex tumanidagi «Konimex-Sarjal-Qosay» masʻuliyati cheklangan jamiyati bosh cho'poni, Navoiy viloyati

Xaydaraliyev Mirjalol Maxmudjon o'g'li-O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi

Xakimova Shaxnozaxon Kaxramon qizi-Oltinko'l tumanidagi hunarmand-do'ppido'z, Andijon viloyati

Xatiyev Komiljan Javliyevich-Mirzacho'l tumanidagi dehqon xo'jaligi ishchisi, Jizzax viloyati

Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna-O'zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi

Xudayshukurov Dilmurod Xolmurodovich-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i

Tsoy Vladimir Eduardovich-O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi kichik ilmiy xodimi

Sharifova Mushtariy Ixtiyor qizi-«Tesla» kompaniyasining axborot texnologiyalarini rejalashtirish bo'yicha tahlilchisi

Shodiyev Abbos Neʻmat o'g'li-Navoiy davlat konchilik institutining metallurgiya kafedrasi dotsenti, Navoiy viloyati

Yuldashev Oybek Baxodir o'g'li-O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti                            Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri,

2021 yil 29 iyun.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
84
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

20 Mar 12:55
 
83
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan

04 Apr 16:20
 
58
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo