
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining maʼlumot berishicha, mamlakatimiz viloyatlarida erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli toʻliq yetilishi deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yigʻim-terim ishlari boshlandi. Ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan toʻliq taʼminlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi.
2021-YILGI SABZI HOSILI RAQAMLARDA
2021-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan umumiy hisobda 124,4 ming ga maydonda (oʻtgan yildagiga nisbatan 18,2 ming ga koʻproq) sabzi ekish rejalashtirilgan, hammasi boʻlib 2,3 mln tonna sabzi hosili olish moʻljallanmoqda. Mamlakatimiz aholisining sabziga boʻlgan 1 yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishtirilgan sabzi hosilining qolgan hajmi eksport va qayta ishlashga yoʻnaltiriladi. Aholining isteʼmol savatidagi sabzining ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Qish-bahor mavsumida aholi isteʼmolini taʼminlash maqsadida 400 ming tonnadan ziyod sabzi zaxira qilinadi. Mamlakatimizda sabzini qayta ishlovchi 250-300 ming tn quvvatga ega 55 ta korxona faoliyat yuritadi. Ular tomonidan sabzi asosan quritilgan, shok holda muzlatish shaklida qayta ishlanadi. Qayta ishlashga xom-ashyo sifatida sabzining asosan kechki navlari olinadi. Oʻtgan yili 110 ming tonna kechki sabzi qayta ishlangan.
SABZINI EKISH VA YIGʻISHNING TOʻRT MAVSUMI
Sabzi odatda yiliga 4 marotaba ekiladi. Noyabr-dekabr oylarida “toʻqsonbosti” usulida ekiladi (hosil odatda mart-aprel oylarida toʻliq yetiladi). Toʻqsonbosti usulida ekilgan ekinlarning urugʻlari qishki yogʻingarchiliklar natijasida tuproqdagi namlikka toʻyinib, erta bahorda havo harorati 4-5 S boʻlgandayoq begona oʻtlar urugʻlaridan oldin unib chiqadi. 2021-yilda ertaki hosil olish uchun 2020-yil kech kuzda «toʻqsonbosti» usulida 30,3 ming gektar (yoki oʻtgan yilga nisbatan 5,8 ming gektar koʻp) sabzi ekilgan. Ushbu usulda ekilgan sabzavot aprel-may oylarida bozorni yetarli darajada sabzi bilan taʼminlab turdi, va u oʻrtacha hisobda 2000-2500 soʻmdan sotildi.
Fevral-mart oylarida ertaki sabzi sepiladi (hosili odatda mayda yetiladi). Yuqorida aytilganidek, bu yili ertaki sabzini sepish davri bahor fasli uchun noodatiy boʻlgan sovuq ob-havo paytiga toʻgʻri keldi va hosilning kechroq yetilishiga (20-25 kun kechikib), bozorlarga yangi hosilni yetkazishda bir muddat tanaffus yuzaga kelishiga va narxlarning vaqtinchalik oshishiga sabab boʻldi.
Aprel-may oylarida esa hosili yoz oʻrtalarida yetiladigan oʻrtaki sabzi, iyun-iyul oylarida esa hosili sentyabr-oktyabr oylariga toʻgʻri keladigan kechki sabzi ekiladi. Shu tariqa ushbu sabzavotning narxi barqarorlashtiriladi.
2021-yilning aprel-may oylarida oʻrtapishar sabzi navlari ekildi: fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarining asosiy maydonlariga - 15,2 ming gektar, aholi tomorqa maydonlariga - 18,4 ming gektar. Bundan tashqari fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan gʻalladan boʻshagan 40,5 ming gektar maydonlarga sabzi ekish rejalashtirilgan.
IXTISOSLASHTIRILGAN HUDUDLAR
Sabzi respublikaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumani, Jizzax viloyatining Gʻallaorol, Baxmal, Toshkent viloyatining Toshkent, Yuqorichirchiq, Yangiyoʻl, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Nishon, Qarshi, Navoiy viloyatining Karmana, Namangan viloyatining Chortoq, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod, Boyovut, Fargʻona viloyatining Oltiariq, Bogʻdod, Yozyovon, Fargʻona va Beshariq, Xorazm viloyatining Xiva tumanlarida ekilib, ekin maydonlari tobora kengayib bormoqda.
Respublikada sabzining istiqbolli, eksportbop navlari (mahalliy navlardan qizil sabzining: «Mirzoiy krasnaya 228», “Nurli 70”, “Farovon”, “Baraka”; sariq sabzining – «Mirzoyi jeltaya 304», «Mishak 195») ekib kelinmoqda. Xorijiy navlardan - «Shantane 2461», «Nantskaya 4», «Kurado shantane Gʻ1», «Novaya Kurado», «Kaskade Gʻ1», “Karson Gʻ1” navlari sepilmoqda.
Soʻnggi yillarda yuqori hosilli navlarni ekish va parvarishlashda innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qoʻllash, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy qilish, mineral oʻgʻitlarga xarajatlarni kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi oʻz vaqtida ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi orqali hosildorlikni 20-25 tonnadan 30-40 tonnagacha oshirishga erishilmoqda.
Bu fermerlarimizga sabzi ekish harakatlari va tannarxini tushirishga imkon beradi: 700-800 soʻmgacha (6,5-7,5 sent) yoki bir kilogrammi uchun 1,5 barobar.
MDH VA MARKAZIY OSIYODA SABZI NARXLARI
MDH davlatlarida sabzining narxi keskin oshganligi, bozorlardagi narxlarning bir-biriga moslashuviga olib kelgan. Jumladan, 1 kg sabzi Qozogʻistonda 535 tenge (1,25 doll.), Qirgʻizistonda − 100 som (1,18 doll.), Tojikistonda − 10 somoni (0,88 doll.), Rossiyada − 100 rubl (1,38 doll.), Belarusda − 2 rubl (0,83 doll.) narxda sotilmoqda.
Qirgʻiziston rasmiylari sabzi narxining iyun oyida 48,1 foizga keskin oshganligiga eksport hajmining jiddiy ortganligi, bahorda sovuq havo, yozda esa qurgʻoqchilik taʼsir koʻrsatganligini bildirgan. Qozogʻiston rasmiylari esa sabzi narxining oshganligi uni saqlash quvvatlari yetarli boʻlmaganligi, mavsum almashinuvida ehtiyoj darajasida sabzi pishib yetilmaganligi hamda import (shu jumladan Oʻzbekistondan, ulushi 99,6 %) narxlarining yuqoriligi taʼsir etganini qayd etgan. Asosiy savdo mamlakatlarida sabziga boʻlgan ehtiyojning ortishi va narxning qimmatlashuvi eksport hajmining koʻpayishiga olib kelgan.
SABZI EKSPORTI
Xorijiy mamlakatlarda sabziga boʻlgan ehtiyojning ortishi va narxning qimmatlashuvi eksport hajmining koʻpayishiga olib keldi: 2021-yilning 19-iyun holatiga koʻra umumiy hisobda 43 602 tonna, yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 31% (33 282 tn) koʻp sabzi eksport qilindi. Eksport qilingan sabzining taxminan 75 foizi aprel-may oylariga, yaʼni ertaki sabzi hisobiga toʻgʻri keladi.
Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi
Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p
“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav
Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi