calendar 10 Jun 13:32
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir

Messi 30 talikda, Ronaldu 100 talikda ham yo'q — yangilangan transfer narxlari eʻlon qilindi 

image
image
-

"Transfermarkt.ru" internet portali mavsum yakunlariga ko'ra, har bir futbolchining yangilangan transfer narxini eʻlon qildi. Dunyoning ayni damdagi eng qimmat futbolchisi PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe bo'lib turibdi (160 million yevro). Ikkinchi o'rinni "Borussiya" forvardi Erling Holand, uchinchi o'rinni esa "Tottenhem" sardori Harri Keyn egallab turibdi.

Ahamiyatli jihati, ikki futbol afsonasi Ronaldu va Messi reytingda ancha pastlab ketgan. Lionel Messining narxi 80 million yevroni tashkil etib, reytingda 22-o'rinni egallab turibdi, Krishtianu Ronaldu esa 45 million yevroga baholanib, 115-o'ringa tushib ketgan.

Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish olgan:

  1. Kilian Mbappe (Frantsiya, PSJ) — 160 million yevro; 
  2. Erling Holand (Norvegiya, "Borussiya Dortmund") — 130 million yevro;
  3. Harri Keyn (Angliya, "Tottenhem") — 120 million yevro;
  4. Jyeydon Sancho (Angliya, "Borussiya Dortmund") — 100 million yevro;
  5. Muhammad Saloh (Misr, "Liverpul") — 100 million yevro;
  6. Romelu Lukaku (Belgiya, "Inter") — 100 million yevro;
  7. Kevin de Bryuyne (Belgiya, "Manchester Siti") — 100 million yevro;
  8. Neymar (Braziliya, PSJ) — 95 million yevro;
  9. Frenki de Yong (Nederlandiya, "Barselona") — 90 million yevro;
  10. Joshua Kimmix (Germaniya, "Bavariya") — 90 million yevro.

Maʻlumot uchun, ushbu transferlar narxlari o'zgaruvchan xususiyatga ega, klublarning o'zaro kelishuvi natijasida ular boshqacha summaga sotilishi ham mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

22 Mar 08:55
 
67
0
xs.uz

Samarqandda “Womenʼs Chess Championship” uchinchi xalqaro turniri yakunlandi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mukofot jamgʻarmasi 50 ming dollar boʻlgan turnirda 14 davlatdan 150 nafarga yaqin shaxmatchi xotin-qizlar bosh sovrin uchun kurashdi. Unda FIDE reytingida 1800 dan yuqori boʻlganlar 'A' guruhida, reytingi 2000 va undan past darajadagilar 'B' guruhida dona surdi.Musobaqada polshalik Alisya Slivichka 7,5 ochko toʻplab 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Sovrinli oʻrinlar 7 ochkoli Anna Shuxman, 6,5 ochkoli Polina Shuvalovaga nasib etdi.Hamyurtimiz Umida Omonova 5

22 Mar 08:55
 
61
0
xs.uz

O‘zbekiston terma jamoasi veloshosse bo‘yicha “Tailand tur”da qatnashadi

Boisi, 24-mart sanasidan boshlab, bu yurt veloshosse bo'yicha 'Tour of Thailand' ko'p kunlik poygasi start oladi.Besh kun davom etadigan mu terma jamoamiz a'zolari ham ishtirok etadi.Tarkibimiz quyidagicha:Alimardon JamoliddinovDiyor ToxirovDmitriy BocharovFarrux BobosherovVladislav TromanNikita Svetkov.

22 Mar 08:55
 
56
0
xs.uz

“Shov-shuvli transfer”: Erling Holand “Manchester Siti”dan ispan grandiga oʻtmoqchi

Norvegiyalik hujumchi Erling Holand agar 'Manchester Siti' joriy mavsumda UYEFA Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasa, klubni tark etishga tayyor. 'Caughtoffside' nashrining xabariga koʻra, ayni damda 'Siti' Angliya Premer Ligasi (APL) jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda. Agar klub mavsum yakunida kuchli toʻrtlikka kira olmasa, Holand boshqa jamoaga oʻtishi mumkin.Manbaning maʼlum qilishicha, 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchining jamoadan ketishiga q