calendar 09 May 16:31
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir

Dard ustiga chipqon: Hindistonda koronavirus fonida "qora mog'or" epidemiyasi tarqaldi 

image
image

Hindistonda yangi koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq qiyin vaziyat fonida mukormikoz epidemiyasi qayd etildi. Bu haqda "India Times" Hukumat maʻlumotlariga tayanib xabar bergan.  

"Qora mog'or" deb nomlangan noyob zamburug' infektsiyasi ko'pincha koronavirusga chalingan yoki COVID-19 dan tuzalib ketgan bemorlarda aniqlanmoqda. 

Taʻkidlanishicha, Hindistonning Gujarat shtatida kasallik avj olgan, u yerda hozirgacha 100 dan ortiq mukormikoz holati qayd etilgan. 

Bundan tashqari, qo'shni Maharashtra shtatida zamburug' infektsiyasining yuzlab holatlari aniqlangan, u yerda sakkizta COVID-19 kasallari "qora mog'or" yuqtirgani sababli bir ko'zi ko'r bo'lib qolgan va yana 200 kishi undan davolanmoqda. 

Ayni paytda Ahmadobad fuqarolik shifoxonasida ushbu infektsiya bilan kasallanganlarni davolash uchun har biri 60 o'rinli ikkita alohida bo'lim tashkil etilgan, boshqa shifoxonalarda ham shu kabi bo'limlarni yaratish rejalashtirilgan. 

Rasmiylar kasallikni davolash uchun 5000 flakon dori sotib olgan. 

Eslatib o'tamiz, Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo'yicha antirekordlar o'rnatilmoqda. 7 may kuni mamlakatda bir kunda 414,1 mingta yangi holat aniqlangandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
82
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

12 Apr 21:15
 
39
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

21 Apr 08:34
 
334
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo