calendar 26 Apr 07:10
eye 26
comments 0
comments Manba: daryo

Chinozda inspektorning xonasiga ruxsatsiz kirib, u yerdan Facebook’ka to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqqan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

image

Toshkent viloyati Chinoz tumanida ichki ishlar organi inspektorining xonasiga ruxsatsiz kirib, uning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21-aprel kuni fuqaro A.Otajonov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqib, qarindoshi M.Xolmatov bilan birgalikda hududiy IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo‘lsa-da, “Sarbozor” MFY idorasiga (shu idorada tashkil etilgan 29-sonli huquq-tartibot maskaniga) kirib kelgan.

Xizmat xonasida bo‘lgan profilaktika inspektori T.Norqulov fuqarodan tasvirga olishni to‘xtatishni talab qilgan. Profilaktika inspektori bu vaqtda uning xizmat xonasida o‘zaro nizoli holat yuzasidan murojaat bilan kelgan boshqa fuqarolar borligi va ular bilan ishlayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsiy dahlsizligi, ularning yuzi, inspektorning xonasida ekani, shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lishining oldini olish maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishni to‘xtatishini talab qilgan va fuqaro qonuniy talabni bajarmagach, tasvirga olinishiga chek qo‘ygan.

Fuqaro A.Otajonovdan IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo‘lsa-da, nima masalada kelganini va holat yuzasidan tushuntirish so‘ralganda, u turli savollar berib inspektorning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Boshqa fuqarolarning e’tiborini jalb etgan holda inspektorga qarshilik ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida 23-aprel kuni Toshkent viloyati JIB Chinoz tumani sudida, sudya R.Rahimjonov raisligida sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

Sudda guvohlarning ko‘rsatmalari A.Otajonovning oilaviy ahvoli va o‘z aybiga iqrorligi inobatga olinib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasining (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasida (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) tartibida 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Avvalroq Toshkent viloyatida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan Malibu haydovchisi 5 sutkaga, Damas haydovchisi esa 10 sutkaga, shuningdek, Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” to‘plab yurgan ayol va erkak 10 sutkaga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)