calendar 16 Apr 14:30
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir

Britancha urug'-aymog'chilik: vazir kuyoviga tenderni yutishda yordam berganlikda ayblanmoqda

image
image

Buyuk Britaniyaning Sog'liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning singlisi boshqaradigan va aktsiyalarga vazirning o'zi egalik qiladigan kompaniya Angliya va Uelsda Milliy sog'liqni saqlash bo'linmalari bilan imzolanadigan shartnomani yutgan. Bu haqda sog'liqni saqlash xodimlari uchun mo'ljallangan "Health Service Journal" tomonidan chop etilgan maqolada so'z boradi.

Maʻlum qilinishicha, 2020 yili vazir Xenkok "Topwood Ltd" kompaniyasining 20 foiz ulushiga egalik qilishini eʻlon qilgan. Biroq, keyin kompaniya direktori va aktsiyalar egasi vazirning singlisi Emili Gilrut ekanligi aniqlangan.

Maqolada qayd etilishicha, Xenkok 2018 yilda Sog'liqni saqlash vaziriga aylandi. 2019 yilga kelib esa uning hujjatlarni utilizatsiya qilish uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyasi tenderda g'alaba qilgan.  
 
Kompaniyaning 80 foiz aktsiyalari vazirning singlisi Emili Gilrut va kuyovi Tom Gilrut o'rtasida taqsimlangan.

Vazirlik bergan bayonotgna ko'ra, Xenkok o'zini tutish qoidalarini buzmagan va uning deklaratsiyasi barcha talablarga javob beradi.

"Vazirning tenderlar bilan hyech qanday aloqasi yo'q, shuning uchun manfaatlar to'qnashuvi mavjud emas", deyiladi vazirlik bayonotida.  

Ushbu tushuntirish, kutilganidek, hukumatning siyosiy muxoliflarini qoniqtirmagan.

"Afsuski, hukumat yuragida qarindosh-urug'chilik endi ajablanarli holat emas deb o'ylayman", deydi leyboristlardan bo'lgan Jonatan Ashvort.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
40
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

18 Apr 11:08
 
55
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

16 Apr 15:12
 
82
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

31 May 08:50
 
20
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan