calendar 08 Apr 02:10
eye 54
comments 0
comments Manba: daryo

Namoyishga chiqqan qo‘ylar podasi, o‘gay qizning brilliant toji, uy qurilishida qatnashayotgan shahar hokimi. 7-aprel suratlari

image

O‘zbekiston va dunyoning turli burchagida 7-aprel kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Parkent tumanidagi oshxona ichidan tashqariga qarab turgan ishchi. Oshxona eshigiga kabob uchun tayyor go‘shtlar sotilishi haqida e’lon joylashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buyuk Britaniyaning Uimborn-Minster shaharchasi kotibi serjant Kris Braun faxriy fuqaro sifatida shahar modeli orqali an’anaga ko‘ra qo‘y bilan sayr qildi va 12-apreldan boshlab koronavirus sabab o‘rnatilgan cheklovlar yumshatilishini e’lon qildi.

Foto: PA

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi “Qo‘sharcha” mahallasi fuqarolari tog‘ yonbag‘irlari orasidan keluvchi ichimlik suvini olish uchun eshakda kelmoqda. Odamlar mahalladan ichimlik suvi oqib turadigan joygacha bo‘lgan 2 km masofani loy yo‘llar orqali bosib o‘tadi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Fransiyaning Vuvre uzumzorida fermer hosilni sovuq urishidan himoya qilish uchun dalada somon to‘plamini yoqmoqda.

Foto: Getty Images

Falastinlik ayol G‘azodagi ash-Shifa kasalxonasining COVID-19 intensiv terapiya bo‘limida yotgan erini kutmoqda.

Foto: AFP

Buyuk Britaniyaning Blayz shahrida tongda Nortamberlenddagi plyaj uychalari yonidan iti bilan o‘tayotgan ayol.

Foto: PA

Londondagi Barclays ofislari oldidagi namoyishdan so‘ng politsiya mashinasida o‘tirgan Extinction Rebellion harakati qatnashchilari.

Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida “Navbahor” Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ommaviy tadbirlar, xususan, futbol uchrashuvlarida tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik belgilangan bo‘lsa-da stadion muxlislar bilan deyarli to‘ldi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Meksika aholisi an’anaviy karnavalni nishonlamoqda. Festivalda bir guruh odamlar niqoblangan holda ko‘chalarda raqsga tushadi.

Foto: Shutterstock

Filippin poytaxti Manilada koronavirus pandemiyasida ishsizlar uchun ajratilgan naqd pulni olayotgan aholi vakili buning tasdig‘i sifatida suratga tushmoqda.

Foto: Getty Images

Christie’s kim oshdi savdosi uyida Napoleon Bonapartning asrab olgan qizi Baden gersoginyasi Stefani de Bogernening olmos toji namoyish etildi.

Foto: “TASS”

Indoneziyaning Jakarta shahrida COVID-19 pandemiyasi fonida maktablar qayta ochilgandan so‘ng yuziga niqob va plastik himoya vositasi kiyib, darsda qatnashayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari.

Foto: Reuters

Angliyaning Uipsney shahridagi hayvonot bog‘ida qo‘ng‘ir ayiqlar qish uyqusidan uyg‘ondi. Qo‘ng‘ir ayiq oktabr—noyabrda daraxtlar kovagi, toshlarning ostidagi kovaklar, tabiiy chuqur joylar yoki o‘zi qazigan iniga tushib, qishki uyquga ketadi. Mart—aprel oylarida ular uyqudan uyg‘onadi.

Foto: “TASS”

Floridadagi FEMA vaksinatsiya markazida Lin Montenegro ismli ayol koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanmoqda.

Foto: AP Photo

Qo‘qon shahri hokimi Ma’rufjon Usmonov ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqaroning holidan xabar olib, qurilish ishlarida ishtirok etdi. Hokimning o‘zi qurilayotgan binoning 2—3 qavat g‘ishtini tergan.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Moskvada sanoat alpinisti Kosmonavtlar xiyobonidagi kosmosni zabt etuvchilarga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlikni bosimli yuvish vositasi yordamida tozalamoqda.

Foto: Getty Images

Samarqand viloyati Nurobod tumanida yaylov yerlarni kamligidan “norozi bo‘lib” hokimiyat binosi oldiga yig‘ilgan qo‘ylar. Ta’kidlanishicha, Sp Luxe MChJ va “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, unda 1450 bosh mayda shoxli molni boqish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ushbu yer maydonida 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilgani “Qilichli” mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng klasterning 1450 bosh qo‘yi mahalliy aholi tomonidan 6-aprel kuni soat 16:00 larda tuman markaziga haydab kelingan.

Foto: Telegram

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchilari Xitoy hukumati tomonidan sovg‘a qilingan koronavirusga qarshi Sinopharm vaksinasini G‘arbiy Sohilning Halhoul shahridagi maktabda emlash uchun tayyorlamoqda.

Foto: AFP

Toshkent metropolitenining “Yunusobod” bekatida poyezd kelishini kutayotgan yo‘lovchi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tailandda tamaki barglariga asoslangan COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayoni.

Foto: EPA

Xitoyning Nantun shahridagi bog‘chada bahor mavzusida rasm chizayotgan bolalar.

Foto: Getty Images


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Xitoy AQSHga javoban uning tovarlariga 125 foizlik bojlar joriy etdi

Bojlar joriy etilishidan avval Xitoyning AQSH tovarlariga nisbatan boj stavkalari barcha mahsulotlarga tatbiq etilmagan va asosan 10 yoki 15 foizni tashkil etgan.Nashrning Xitoy savdo vazirligiga tayanib yozishicha, Vashingtonning haddan tashqari yuqori tariflardan foydalanishi iqtisodiyotni raqamlar oʻyiniga aylantirib yubordi va bu yana davom etsa, Xitoy bunday choralarni eʼtiborsiz qoldiradi.Taʼkidlash joiz, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi har yili qariyb 700 milliard dol

04 Apr 16:19
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats

13 May 14:39
 
107
0
xs.uz

Oʻzbek milliy taomlari xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni egalladi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 'British Street Food Awards' xalqaro gastronomik tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston milliy taomlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Taʼkidlanishicha, 'British Street Food Awards' tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan 'Oshpaz' oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilgan.Mazkur tanlovda dunyo boʻylab 2 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. Ahamiyatlisi shundaki,

13 May 14:39
 
107
0
xs.uz

Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.Tashrif buyurganlarning aksariyati ' 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa