Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro maktab-internatining ochilish marosimi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 45 yildan beri faoliyat yuritib, yetuk kadrlar yetishtirib kelayotgan Al-Xorazmiy nomli fizika-matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomli Xalqaro maktab-internati ham ushbu islohotlarning uzviy davomidir.
Bundan bir yil avval Prezidentimizning Xorazmga tashrifi vaqtida alohida tilga olib o'tilgan ushbu maktab negizida Xalqaro maktab internat tashkil qilish to'g'risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi.

Mana oradan bir yil o'tib ushbu zamonaviy, innovatsion taʻlim dargohi padegoglar jamoasi va o'qituvchilarga tantanali ravishda topshirildi.
Taʻkidlash joiz, mazkur maktab isteʻdodli yoshlarni tarbiyalash bo'yicha o'ziga xos boy tajribaga va ko'rsatkichlarga ega. Maktabni tamomlagan 3 719 nafar o'quvchidan 3 014 nafari, yaʻni bitiruvchilarning 81,0 foizi oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirgan. Maktab fizika va matematika bo'yicha sobiq SSSR miqyosida ham katta nufuzga ega bo'lgan. 81 nafar o'quvchilar matematika va fizika fanlaridan respublika olimpiadalarida, 34 nafar o'quvchilar esa sobiq SSSR va xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etib, O'zbekiston ilm-fani shuhratini baland ko'tarishgan.

Ushbu maktabda 105 ta fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqqan. Maktab bitiruvchilardan 2 nafari senator, 1 nafar Prezident maslahatchisining birinchi o'rinbosari, 1 nafari vazir, 2 nafari respublika bank raisi va o'rinbosari, 14 nafari hokim va o'rinbosarlar, 100 nafari sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi xodimlaridir.
Taʻkidlash joizki, maktab tashkil etilgan 1976 yildan beri o'tgan 45 yil ichida biror marta ham kapital taʻmirlanmagan. Endilikda esa qisqa fursatda zamonaviy tipdagi mazkur smart inshoot shinam va ko'rkam ko'rinishda qad rostladi. Maydoni 32 ming kvadrat metr bo'lgan zamonaviy kampusda 7 ta blokdan iborat inshootlar, xususan, o'quv binosi, maʻmuriyat, oshxona, 400 o'rinli zamonaviy yotoqxona, mehmonxona, sport zallari hamda dam olish maskanlari joy olgan.

Taʻlim dargohining ochilish marosimida maktabning faxriy ustozlari, sobiq bitiruvchilari, ota-onalar qatorida hurmatli mehmonlar ham ishtirok etishdi. Xususan, Xorazm viloyat hokimi Ermanov Farhod O'rozboyevich, xalq taʻlimi vaziri Shermatov Sherzod Xatamovich; adliya vaziri, ushbu maktabning bitiruvchisi Davletov Ruslanbek Kuroltayevichlar so'zga chiqib, mamlakatimizda taʻlim sohasida olib borilayotgan islohotlar va u mazkur xalqaro maktabning taʻlim tizimida tutgan o'rni hamda ahamiyati haqida gapirdilar.
Xususan, adliya vaziri R.Davletov o'z nutqida davlat Rahbarining bundan bir yil avval ilgari surgan Shovotdagi fizika-matematika internatiga xalqaro maqom berib, zamonaviy taʻlim maskani barpo etish tashabbuslariga Adliya vazirligining kamtargina hissasi qo'shilganidan benihoya mamnun ekanligini, shuningdek maktab qurilishiga o'z mablag'lari, mehnati va eʻtiborini ayamagan homiylar, sobiq bitiruvchilar, mahalliy hokimlik organlari hamda barcha taʻlim fidoyilariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so'ng Al-Xorazmiy haykali va bevosita maktab binosining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Mehmonlar va ota-onalar yangi taʻmirdan chiqqan zamonaviy maktab binosini, unda taʻlim olish va har tomonlama rivojlanish uchun yosh avlodga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Taʻkidlash joiz, mazkur maktab-internatining rekonstruktsiya qilinishi Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan taʻlim islohotlarining izchil davomi bo'lib, Adliya vazirligi ushbu maktab taʻmirlanishi jarayonlarida islohotlarni qo'llovchi sifatida ishtirok etdi.
Ushbu ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar maktab pedagoglar jamoasi va o'quvchilariga ilm-fanning yangi marralarini zabt etish va mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissalarini qo'shish uchun munosib maskanga aylanishi shubhasiz. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi
Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j
Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi
Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida'maʼlum qilindi.Yaqinda 'Uzagro-star' xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.Bu kompaniyalar har b
Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo Gʻiloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi doʻstlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajri
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19