Instagram: Zarina Nizomiddinovaga atalgan “millionta atirgul”, davolanayotgan Sherali Jo‘rayev, o‘zbek xonandasi bilan duet kuylagan Nikolay Baskov

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda folloverlariga bugungi kun bilan yashash haqida post yozib qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda to‘ylardan birida Sevara Nazarxon Luiza Rasulova bilan birga “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘ini birga kuylayotgani aks etgan video tarqalmoqda.
Aktrisa Bahora Arslonova varrak uchirish uchun Chimyonga bordi.
Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati izohiga omad haqida mushohada yuritdi.
29-mart kuni ayni paytda oilasi bilan Rossiyada yashayotgan aktrisa Zarina Nizomiddinova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisaga turmush o‘rtog‘i yuzlab atirgullardan iborat ulkan guldasta sovg‘a qildi.
Aktrisa ushbu guldastaning unga yetkazilish jarayoni videosini sahifasiga joyladi. Zarinaning folloverlari guldastaning mashhur qo‘shiqdagi “millionta atirgullar” ekanligini yozib qoldirmoqda.
Turk aktyori Burak O‘zchivit folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.
Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchan juftligi Holi bayramini nishonlamoqda.
Shohjahon Jo‘rayevning muxlislaridan biri uning sahifasida otasining ahvoli haqida so‘radi. Xonandaning yordamchisi sahifani Shohjahonning o‘zi yuritmasligi hamda Sherali Jo‘rayev ayni damda davolanishda ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, biroz avval Sherali Jo‘rayevning og‘ir betob ekanligi, uning Turkiyada davolanayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq hofizning o‘g‘li Zohirshoh bu gap-so‘zlarni rad etib, otasining ahvoli yaxshi ekanligini aytgan edi.
“Rossiyaning oltin ovozi” — Nikolay Baskov Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan konsertida Milena Madmusayeva bilan duet ijro etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Munisa Rizayevaning dubaylik muxlisi unga sevgi izhor etgani aks etgan video tarqalmoqda.
Mavzuga doir:
- Instagram: Prezident kuyoviga atab qo‘shiq kuylagan Zohirshoh, Munisa Rizayeva bir kunda qancha pul topadi? Aziza Yoqubovaning turmush o‘rtog‘i haqidagi haqiqatlari
- Instagram: Saida Mirziyoyevaga rahmat aytgan Yulduz Usmonova, imkoniyati cheklanganlarga tikishni o‘rgatadigan aktrisa, Ozodaning konserti qoldirildimi?
- Instagram: Ishchisiga uy olib beradigan Munisa Rizayeva, onasini eslab yig‘lagan Rayhon, Ahad Qayumdan “1 mlrd so‘mlik” she’r
- Instagram: Gulchehra Eshonqulova xonadonida to‘y, Yulduz Usmonovaning konserti qisqardimi? Otasiga Tracker sovg‘a qilgan “Million”chi
Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,