Namanganda xitoylik shifokorlar kaltaklanib, 200 mln so'm puli o'g'irlab ketildi

Namangan shahrida 24 mart kuni nomaʻlum shaxslar «Pekin» tibbiyot markazi binosiga bostirib kirib, muassasa shifokorlari va tarjimonini urib, pul mablag'larini o'g'irlab ketdi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, soat 03:40 da nomaʻlum shaxslar Namangan shahar Qadamjoy mahallasida joylashgan «Pekin» tibbiyot markazi binosiga yuziga niqob taqib, binoning ikkinchi qavatidagi yotoqxonada uxlab yotgan, shu markazda shifokor bo'lib ishlovchi Xitoy fuqarolari V.Y va V.J. hamda ushbu markazda tarjimon bo'lib ishlovchi Y.U.ni urib, qo'l va oyog'ini skotch bilan bog'lagan.
Keyinchalik ular yotoqxonadagi tumbochka qulfini buzib, 10 000 dollar, 100 million so'm pul mablag'lari hamda ikki dona «Huawei» va «RedMi 8» telefonlarini bosqinchilik yo'li bilan qo'lga kiritib hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo'yicha Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasini 4-qismi «a» bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg'ona viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 31 yoshli J.K. boshchiligida 29 yoshli X.K., 24 yoshli I.A., A.Q. hamda Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli A.X. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Ularning yoni ko'zdan kechirilganda jami 10 million 620 ming so'm pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari jarayonida Andijon viloyatida yashovchi A.X. muqaddam mazkur markaz shifokorlari yaxshi daromad qilayotganidan xabar topib, binoning kalitini g'ayriqonuniy ravishda qo'lga kiritib, bu haqda tanishi J.K.ga aytib qiziqtirgani maʻlum bo'lgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Maʻlumot o'rnida, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko'ra, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi
Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi
Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiy