Emlanayotgan prezident, syorfingchi echki, Chorsuning jahldor mushugi. 23-mart suratlari

Dunyoning turli burchaklarida 23-mart kuni olingan eng qiziqarli suratlarni namoyish etamiz.
Sarayevo shahrida kabutarlarni oziqlantirayotgan erkak. Bosniya va Gersegovina poytaxtida koronavirus tufayli tunda komendantlik soati joriy etildi va yana restoranlar yopildi.
Foto: EPA
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashayotgan xitoylik juftlik.
Foto: AP
Extinction Rebellion va Friends of the Earth ekofaollarning Madrid fond birjasi yaqinidagi norozilik aksiyasi.
Foto: Shutterstock
AQShning Kolorado shtati Boulder shahridagi supermarketda yuz bergan otishmadan so‘ng xaridorlar evakuatsiya qilinmoqda. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Jinoyatchi yaralangan va politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Jinoyat sababi hozircha noma’lum.
Foto: Getty Images
Nyu-Yorkda o‘t o‘chiruvchilar daraxtga ilinib qolgan Dilan laqabli katalin arasini qutqarmoqda. Qushning egasi uni veterinariyaga olib borganida qochib ketgan.
Foto: Reuters
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy ko‘chalardan biri sanalgan Maxtumquli ko‘chasi bo‘yida o‘sib yotgan momaqaymoqlar. Juma kuni yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng ular yanada ko‘paydi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Chexiya poytaxtida tibbiyot xodimlari mehmonxonada koronavirusdan davolanayotganlar oldiga kirmoqda. Praga shahri meriyasi uysizlarni COVID-19 dan davolash uchun mehmonxonani ijaraga olgan.
Foto: Reuters
Britaniyaning Bristol shahrida politsiya to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasiga qarshi norozilik aksiyasi vaqtida yonayotgan politsiya mashinasi oldida skeytbord uchayotgan namoyishchi.
Foto: Reuters
Irlandiya parlamenti yig‘ilishlari o‘tkaziladigan Dublindagi Lenster-Xaus yaqinida norozilik aksiyasi o‘tkazayotgan Extinction Rebellion ekologik harakati faollari.
Foto: Shutterstock
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va uning rafiqasi koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi.
Foto: Global Times
Dana Makgregor (chapda) va uning Pismo laqabli echkisi bolalar hamrohligida Kaliforniyaning San-Klemente shahrida syorfing bilan shug‘ullanmoqda
Foto: Reuters
Suriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan qochoqlar lagerlarida yashovchi bolalarga masxaraboz kiyimida tomosha ko‘rsatayotgan suriyalik hajvchi Firas al-Ahmad.
Foto: Getty Images
Myanmaning Yangon shahrida harbiy to‘ntarishga qarshi namoyishlar vaqtida otib o‘ldirilgan Tet Payng Soning dafn marosimida yig‘layotgan odamlar.
Foto: Reuters
Tel-Avivdagi shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan Raif Lalo parlament saylovlarida ovoz bermoqda. Isroilda ikki yildan kamroq muddat ichida to‘rtinchi marta parlament saylovlari o‘tkazilmoqda.
Foto: AP Photo
Berlinda fermerlar hasharotlardan himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasiga qarshi miting o‘tkazdi.
Foto: DPA
Kongo Respublikasi prezidentligiga muxolif nomzod Gi-Bris Parfe Kolela koronavirus oqibatida vafot etganidan so‘ng Insonparvar demokratlar ittifoqi ofisi oldida yig‘layotgan ayollar. Kolela 21-martdagi saylovlarda 7,84 foiz ovoz to‘pladi. Siyosatchi 22-mart kuni davolanish uchun Fransiyaga samolyotda olib ketilayotganda vafot etdi. Saylovlarda esa mamlakatni 37 yil davomida boshqargan 77 yoshli Deni Sassu-Ngesso g‘alaba qozondi.
Foto: Reuters
Boulder shahri politsiyasi boshlig‘i Maris Herold supermarketda yuz bergan otishmada jinoyatchi tomonidan o‘ldirilgan ofitser Erik Telli xotirasiga hurmat ko‘rsatmoqda.
Foto: Reuters
Koronavirus oqibatida vafot etgan birinchi chexiyalik bemorning o‘limiga 1 yil to‘lgani munosabati bilan minglab xochlar chizilgan Pragadagi maydon bo‘ylab yurib ketayotgan ayol.
Foto: Reuters
Chorsu bozoridagi savdo rastalari orasida o‘ynab yurgan mushuk.
Foto: Arsen Fazildzyanov / “Molodaya fotografiya Uzbekistana”
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres