calendar 05 Mar 19:20
eye 450
comments 0
comments Manba: zamin

Tomoshabinni «ekranga mixlab qo'yadigan» turk seriallari (foto)

image
Butun dunyo bo'ylab turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan loyihalarga bo'lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Dam olish kunlari va kechki hordiq chiqarish uchun qanday serial ko'rsam ekan, deb bosh qotiradiganlar uchun qiziqarli voqealar rivojidan tashkil topgan va mahoratli aktyor hamda aktrisalar ishtirok etgan ijod namunalarini tavsiya qilamiz.

«Qahraton»

Foto: Cosmopolitan
«Sevgi iztirobi» ijodkorlari tomonidan suratga olingan mazkur serialda muxlislar Feruza ismli oddiy turk qizi haqidagi voqealarga guvoh bo'ladi. Qiz otasining qamoqqa olinishiga sababchi bo'lgan odamning tashkilotiga ishga kiradi. Yangi ishi sabab Feruza bundan bir necha yil avval besabab yo'q bo'lib qolgan sobiq sevgilisi bilan uchrashadi. Shundan keyin qiz nafaqat oila aʻzolari bilan bog'liq muammolarni hal qilishi, otasini qutqarishi, balki sevgisi uchun ham kurashishiga to'g'ri keladi.

«Elchining qizi»

Foto: Cosmopolitan
2019 yilda taqdim qilingan «Elchining qizi» muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan seriallardan sanaladi. Unda badavlat oilaning qizi va oddiy oilaning o'g'li bir-biriga ko'ngil qo'yadi. Ammo kunlardan bir kuni qahramon qiz Nare izsiz yo'q bo'lib qoladi. Sevgilisini yo'qotgan Sanjar hayotini tubdan o'zgartirishga qaror qiladi. Bir vaqtlar otasi ishlagan korxonada rahbar bo'lishga erishadi va boshqa bir qizga uylanmoqchi bo'ladi. Ularning to'yi kuni sobiq qaylig'i Nare paydo bo'ladi. Juftlik turli qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, ammo bir-biriga bo'lgan sevgisi aslo so'nmaydi.

«Beqaror»

Foto: Cosmopolitan
2019 yilda suratga olingan mazkur serial nafaqat Turkiya balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. Unda nafratdan tug'ilgan sevgiga asoslangan voqealar rivojini ko'rish mumkin bo'ladi. Miran ismli qahramon oilasining qasosini olish uchun Reyan ismli qizga uylanmoqchi bo'ladi. Uning shaʻni va familiyasiga loy chaplashni rejalashtirgan yigit o'zi bilmagan holda qizga bog'lanib qoladi.

«Shimol yulduzi»

Foto: Cosmopolitan
Mazkur serial ham sevgi va nafrat haqida hikoya qiladi. Unda bir qishloqda tug'ilib o'sgan yigit va qiz turmush qurmoqchi bo'ladi. Ammo hammasi yigitning Istanbulga ketib, boshqa qizni sevib qolganidan keyin o'zgaradi.

«Farhod va Shirin»

Foto: Cosmopolitan
Tolga Saritash va Leyla Tanlar ijrosini shunchalik qoyillatganidan tomoshabin o'z muammolarini unutib, ularning munosabati uchun qayg'urishi mumkin. Kelib chiqishi jihatidan turli oilaning farzandi bo'lgan yoshlarning muhabbatiga ularning qarindoshlari qarshilik qiladi. Juftlik esa sevgisini saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor bo'ladi.

«Aziza»

Foto: Cosmopolitan
Hayotini barbod qilgan odamlardan qasd olishga qaror qilgan qiz ismini o'zgartiradi. O'ch olishga ahd qilgan qiz dushman oilaning aʻzolaridan birini yaxshi ko'rib qoladi.

«Halqa»

Foto: Cosmopolitan
Serialda g'alati hodisa sabab uchrashib qolgan ikki yigit bundan bir necha yillar avval amalga oshirilgan jinoyat uchun zo'ravonlar guruhi rahbarini topib, qilmishi uchun uni jazolamoqchi bo'ladi. Ammo bu yo'lda ular turli kutilmagan hodisa hamda qiyinchiliklarga duch keladi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
218
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
743
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra