calendar 05 Mar 13:10
eye 79
comments 0
comments Manba: daryo

Zolushka, Bell va boshqa Disney malikalari uslubidagi bahoriy obrazlar (foto)

image

Qishki qalin va qo‘pol liboslardan charchagan ayol-qizlar, bahorda har doimgidan ham boshqacharoq ko‘rinish, tamoman boshqacha imijga ega bo‘lmoqchi bo‘ladi. O‘zgarishga qaror qilgan, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayotganlar uchun esa multfilmlardagi malikalardan ilhomlanish tavsiya qilinadi.

Ariel

Foto: Grazia

Arielniki singari ayollarga xos jozibali ko‘rsatadigan och ko‘k libos nafaqat kundalik sayrlar, balki restoranga borish uchun ham ayni muddao. Yenglari keng va belga urg‘u beradigan bluzkaga moslangan keng yubka atrofdagilarni bee’tibor qoldirmasligi aniq. Oyoq kiyim sifatida baletka tanlash va sochlarni bog‘ichli zakolka bilan yig‘ish obrazni esda qolarli bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

Foto: Grazia

Rapunsel

Foto: Grazia

Rapunsel uslubida kiyinish uchun yenglari fonar shaklidagi och pushti rangli libos ustidan xuddi shu rangdagi korset kiying. Noodatiy poyabzal va aksessuarlar bilan obrazni yakunlang.

Foto: Grazia

Zolushka

Foto: Grazia

Zolushka uslubida kiyinish restoran yoki teatrlarga borish yoki bahorda shunchaki sayr qilish uchun ham a’lo variant. Buning uchun keng bichimli libos, atlas matodan tikilgan qo‘lqoplar bilan minimal uslubdagi taqinchoqlardan foydalaning.

Foto: Grazia

Mulan

Foto: Grazia

Mulan uslubida kiyinish ayniqsa, kundalik obrazlar uchun yaxshi tanlov. Mosh rang kurtka bilan qora charm etik va yupqa sviterni moslab bemalol kechki salqindagi sayrlarga chiqishingiz mumkin.

Foto: Grazia

Bell

Foto: Grazia

Sohibjamol Bell uslubida kiyinish uchun esa yoqalari keng bo‘lgan bluzka ustidan jinsi matoli ko‘ylak yoki sarafan kiying. Qulay baletka kiyish va romantik ko‘rinishingizga sabab bo‘ladigan taqinchoq taqishni unutmang.

Foto: Grazia

Pokaxontas

Foto: Grazia

Jasur Pokaxontas singari kiyinish uchun, yelkaning bir tomoni yopiq turadigan ko‘ylak ustidan qalin kamar taqing. Qulay poyabzal va olovrang toshli zanjir sizni boshqalardan ajralib turishingizga sababchi bo‘ladi.

Foto: Grazia


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

04 Apr 16:20
 
44
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича