calendar 20 Feb 08:10
eye 68
comments 0
comments Manba: daryo

Noto‘g‘ri bichimdagi yoqa obrazga putur yetkazishi mumkinligini aks ettiruvchi holatlar (foto)

image

Jemper, kofta, ko‘ylaklarning yoqasi yuzning yonida joylashgani uchun kiyimning boshqa qismiga qaraganda tez-tez ko‘zga tashlanib turadi. Shu sababli yoqa shakli va o‘lchamini tanlash bilan bog‘liq eng kichik xato darhol e’tiborni tortadi. Demak, yoqa o‘lchami va bichimiga ham alohida ahamiyat berish lozim.

Foto: Cosmopolitan

Yoqa tashqi ustunliklarga urg‘u berishi yoki aksincha, kamchiliklarni yanada oshirib ko‘rsatishi mumkin. Odatda yoqa yuzning shakliga e’tibor bergan holda tanlanadi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi, yonoq suyagi bo‘rtib turadigan, peshonasi katta yuzlarga silliq, aylana chiziqli yoqa mos keladi.

Foto: Cosmopolitan

Agar oval shaklidagi yuz, katta va dumaloq ko‘z, qalin lablar egasi bo‘lsangiz, unda ko‘proq qirralari uchli yoqalarga e’tibor qarating.

Foto: Cosmopolitan

Agar yelkangiz keng bo‘lsa, qayiq shaklidagi yoqalardan voz keching. Bunday yoqaning gorizontal chizig‘i yelkani yanada kengroq ko‘rsatadi. Buning o‘rniga V shaklidagi yoqali jemper va ko‘ylaklarni tanlang.

Foto: Cosmopolitan

Yelkasi kichik ayollar vodolazka kiymagani yaxshi. Baland yoqa bo‘yni yanada qisqaroq ko‘rsatadi. Tik yoqali liboslar ham to‘g‘ri yechim emas, bu borada qaytarma yoqali ko‘ylak kiygan ma’qul.

Foto: Cosmopolitan

Agar oyoq va tos suyagingiz baquvvat bo‘lib, yelkalaringiz aksincha, nozik bo‘lsa, urg‘uni tepa qismga berishni maslahat beramiz. Bu mutanosiblikni saqlashga va muammoli qismni yopishga yordam beradi. Buning uchun keng va katta yoqali liboslarni tanlang.

Foto: Cosmopolitan


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
59
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

16 Apr 09:12
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.

20 Mar 12:55
 
82
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres