Toshkentda Prezident sovg‘a qilgan xonadonga 10 ming dollar evaziga kadastr hujjati rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda uy-joy uchun qalbaki kadastr hujjati tayyorlagan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 23-yanvar kuni fuqaro G.N. IIVga ariza bilan murojaat qilgan. Unda aytilishicha, pul zarurligi tufayli u Toxir va Gulmira ismli shaxslardan 10 ming dollar qarzdor bo‘lib qolgan. Biroz vaqt o‘tgach ular bergan qarzlarini foizi bilan 17 300 dollar qilib qaytarib berishini talab qilgan.
G.N. buncha pul topolmagach Toxir va Gulmira unga yashash xonadonini sotib, pullarni berishini talab qilgan. U esa ushbu xonadon ularga ko‘p bolali oila bo‘lishgani uchun Prezident sovg‘asi sifatida berilganini, uyning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmaganini aytgan.
Bundan foydalangan Toxir va Gulmira firibgarlik yo‘li bilan mo‘may daromadni qo‘lga kiritish maqsadida til biriktirib, unga uy uchun kadastr hujjatini tayyorlab berishlarini aytishgan. So‘ngra uyning kadastr hujjatini 10 ming dollar evaziga Mirobod tumani hokimiyatidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishganini aytib, ushbu pullarni ham qo‘shib, jami 27 300 dollar berishni talab qilgan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar U.T. va A.G. Yakkasaroy tumanidagi kafelardan birida ariza muallifi G.N.dan 27 300 dollarni olib, unga soxta kadastr hujjatini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida U.T. ushbu qalbaki hujjatni o‘ziga tegishli noutbukda yasagani aniqlanib, noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib firibgarlik sodir etish), 28,211-moddasi 1-qismi (pora berish) va 228-moddasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)