calendar 29 Jan 18:30
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir

Tillashayxov Olmazor tumaniga hokim bo'ladi

image
image

Avvalroq Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimiga o'rinbosar etib tayinlanishi haqida xabar bergan edik. Uning o'rniga Hojiakabar Tillashayxov tuman hokimi etib tayinlanishi kutilmoqda.

Hojiakbar Kamoliddinovich Tillashayxov 1983 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2004 yilda Toshkent kimyo texnologiya instituti (kunduzgi) , 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2010 yilda O'zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, 2016 yilda O'zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan.

2016 yilda "Ipak yo'li" aktsiyadorlik innovatsiya tijorat banki Sag'bon filiali boshqaruvchisining o'rinbosari lavozimida ishlagan.

2016−2017 yillarda Yashnobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Hojiakbar Tillashayxov 2018 yil iyuldan 2020 yil avgustigacha Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p

31 May 08:49
 
28
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
59
0
xs.uz

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin