calendar 29 Jan 18:10
eye 42
comments 0
comments Manba: daryo

Huawei Mate 40 va iPhone 12’ning suv o‘tkazmaslik qobiliyati kir yuvadigan mashinada “tekshirib ko‘rildi”

image

Xitoylik ayol tasodifan Huawei Mate 40 va iPhone 12 smartfonlarini kir bo‘lgan kiyimlariga qo‘shib kir yuvadigan mashinga solib yubordi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u ishdan charchab kelgan, buning ustiga bolasi ham injiqlik qila boshlagan, shu sababli kir yuvadigan mashinaga kiyimlarni solayotganida e’tiborsiz bo‘lgan. Shu payt oila smartfonlar yo‘qolganini payqab qolgan, vannaxonadagi kir yuvadigan mashinadan esa noodatiy tovush chiqa boshlagan.

Kir yuvish mashinasidan chiqarib olingan Huawei Mate 40’ga hech qanday shikast yetmagan, iPhone 12’ning himoya oynasi esa darz ketgan. Ikkala telefon ham “guruch terapiya”ga yo‘l olgan — ular guruch idishiga bir sutkaga solib qo‘yilgan.

Foto: IXBT

Ayolning ta’kidlashicha, hayotidagi eng noodatiy kir yuvish jarayonidan keyin ham smartfonlar ishlashni davom etmoqda.

Foto: IXBT

Qayd etish lozimki, Huawei Mate 40 va iPhone 12 chang va namlikdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Avvalroq iPhone 12 Pro mustahkamlik testidan o‘ta olmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing