calendar 29 Jan 18:10
eye 43
comments 0
comments Manba: daryo

2020-yil xalqaro turizm uchun eng yomon yil bo‘ldi: Sayohatlar 74 foizga kamaydi

image

2020-yilda xalqaro sayohatlar soni 1 milliardga yoki 74 foizga kamaydi, shu tariqa o‘tgan yil turizm uchun kuzatishlar tarixidagi eng yomon yilga aylandi. Bu haqda BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (BMT JST) ma’lumotiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Foto: CGTN

“Koronavirus pandemiyasi va unga bog‘liq holda keng tarqalgan sayohat cheklovlari tufayli 2020-yilda xalqaro sayyohlarning tashrifi bir milliardga yoki 74 foizga kamaydi. Turizm eksportidan tushadigan daromad 1,3 trillion dollarga qisqardi, bu 2009-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi keltirgan zarardan 11 baravar ko‘pdir. Bulardan kelib chiqib 2020-yilni xalqaro turizm uchun kuzatuvlar tarixidagi eng yomon yil deb atash mumkin”, — deyiladi BMT JST bayonotida.

Tashkilotning ta’kidlashicha, inqiroz sayyohlik sohasida 100-120 milliontagacha ish o‘rinlarining yo‘q bo‘lib ketish xavfini keltirib chiqardi, ularning aksariyati kichik va o‘rta biznesga to‘g‘ri keladi.

“Xalqaro turizm xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab choralar ko‘rilganiga qaramay, inqiroz hali yakuniga yetmaganini bilamiz. Aksariyat mamlakatlar koronavirus mutatsiyalari tufayli sayohat uchun yangi va qat’iy cheklovlar o‘rnatmoqda, jumladan, majburiy testlar, karantin, ba’zi hollarda esa chegaralarni to‘liq yopish singari. Bularning barchasi xalqaro sayohatlarni tiklashga qarshi ta’sir qiladi. Shu bilan birga, bosqichma-bosqich emlash mijozlarning ishonchini tiklab, cheklovlarni yumshatish va vaziyatni normallashtirishga yordam beradi ”, — deyiladi bayonotda.

BMT JST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya oqibatida sayyohlik bo‘yicha eng ko‘p zararni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ko‘rdi, bunga mintaqada o‘rnatilgan o‘ta qattiq cheklovlar sabab bo‘lgan. Mintaqaga kelgan xalqaro sayyohlar soni 2020-yilda 300 milliontaga yoki 84 foizga pasaydi. Yaqin Sharq va Afrikada tashriflarning kamayishi 74 foizni, Yevropada 70 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, 2019-yilga nisbatan mutlaq sayohatlar sonining eng katta pasayishi Yevropa qit’asida (500 mln) qayd etildi. Amerika qit’asida chet ellik sayyohlar sonining kamayishi 69 foizni tashkil etdi.

Avvalroq JSST koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi hujjatning mavjudligi xorijga safar qilishning majburiy shartiga aylanmasligi lozim deb hisoblagan, AQSh esa mamlakatga keluvchi barcha uchun karantin joriy etilishini ma’lum qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

20 Mar 12:55
 
65
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

18 Apr 11:08
 
35
0
xs.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq