Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi - Shavkat Mirziyoyev


Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.
Bugungi kunda bino toʻliq qad koʻtargan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, toʻrt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.
Davlatimiz rahbari har bir yoʻlak va xonaga kirib, ularni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni koʻrdi.
Markazning ichki va tashqi koʻrinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Xonalarni koʻplab sayyohlar, delegatsiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozitsiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.
Prezidentimiz avvalgi tashrifi chogʻida Islom sivilizatsiyasi markazi shu yoʻnalishdagi ilmiy muassasalar uchun negiz boʻlishi, bu yerda olimlar tadqiqot olib borib, talabalar bilimini mustahkamlashi kerakligini aytgan edi.
Shunga koʻra, loyiha takomillashtirilib, markazda Xalqaro islom akademiyasining magistrant va doktorantlari oʻqishi uchun sharoit yaratish nazarda tutilgan.
Markazning interyer va eksteryer bezagi, jihozlanishi, kommunikatsiya, xavfsizlik tizimlari eng ilgʻor talablarga javob beradi.
Davlatimiz rahbari shu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlashdi.
- Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ota-bobolarimiz qiyin sharoitlarda, mehnat-mashaqqat bilan qanday buyuk ishlarni amalga oshirgan. Jadid bobolarimizni ham bekorga qatagʻon qilishmagan. Chunki bilishardiki, ilm, gʻurur, davlatchilik bizning qonimizda bor. Bu yerda hamma buyuk allomalarimizning ovozi eshitilib turadi.
Markaz joylashgan Olmazor tumanidagi har bir mahalla ushbu maʼrifat maskaniga munosib boʻlishi, bilim, tarbiya jihatidan takliflarini berishi zarurligi taʼkidlandi.
- Shuni amalga oshirsak, har bir mahallaga Islom sivilizatsiyasi markazining nuri kiradi, yuzimiz yorugʻ boʻladi, – dedi Prezident.
Markaz qurilishi davom etmoqda.
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi
Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.'Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz', degan u.Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishl
Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga nechta yengil avtomobil toʻgʻri keladi?
Milliy statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarining dastlabki maʼlumotlari eʼlon qilindi.Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 58 tani tashkil etgan.100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar sonini yillar kesimida hisoblaganda 2010-yilda 21 ta, 2015-yilda 42 ta, 2020-yilda 49 ta hamda 2024-yilda 58 tani tashkil qilgan.Ushbu maʼlumotlardan koʻrish mumkinki, 100 t