calendar 29 Jan 16:10
eye 40
comments 0
comments Manba: daryo

Samarqand hokimi ishdan olingani va o‘rniga vazir o‘rinbosari tayinlangani xabar berildi. Hokimlik esa buni rad etdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi o‘zgargani va viloyatni boshqarish vazifasi vazir o‘rinbosariga topshirilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev esa bu xabarni rad etdi.

“Unaqa emas. Vazirlar, vazir o‘rinbosarlari ko‘p kelib ketishadi. Shunga biror gap eshitishgan bo‘lsa, yozgandir. Bunaqa gap yo‘q. Hokim tez orada ishga chiqadi”, — dedi Manuchehr Mirzayev.

2021-yil 29-yanvar kuni soat 18:31 da viloyat hokimligining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ham hokim Erkinjon Turdimovning tez orada ishga chiqishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov mehnat ta’tiliga besh kun oldin chiqib, ta’til muddati tugagandan keyin ham ikki kun dam olib, so‘ng ishga chiqishi ma’lum qilingandi. Hokimning matbuot kotibi, shuningdek, Turdimov 28-yanvar kuni viloyatga qaytayotganini qo‘shimcha qilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 27-yanvar kungi yig‘ilishda davlat rahbari bir hafta ichida kadrlar masalasi bo‘yicha bir qarorga kelishini, ayrim amaldorlar aravani tortmayotganligini bayon qilib, yetarlicha ishlamayotgan vazir hamda hokim o‘z lavozimini tark etishini ta’kidlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
31
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun

12 Apr 21:15
 
26
0
xs.uz

Xitoy AQSHga javoban uning tovarlariga 125 foizlik bojlar joriy etdi

Bojlar joriy etilishidan avval Xitoyning AQSH tovarlariga nisbatan boj stavkalari barcha mahsulotlarga tatbiq etilmagan va asosan 10 yoki 15 foizni tashkil etgan.Nashrning Xitoy savdo vazirligiga tayanib yozishicha, Vashingtonning haddan tashqari yuqori tariflardan foydalanishi iqtisodiyotni raqamlar oʻyiniga aylantirib yubordi va bu yana davom etsa, Xitoy bunday choralarni eʼtiborsiz qoldiradi.Taʼkidlash joiz, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi har yili qariyb 700 milliard dol

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ

Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н

20 Mar 12:50
 
63
0
postda.uz

BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI

– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar