calendar 29 Jan 12:30
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir

Sadir Japarov: Mirziyoyev O'zbekistonda Karimovdan qolgan diktaturani yo'qotdi

image
image

Qirg'izistonning yangi saylangan Prezidenti Sadir Japarov O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovdan qolgan diktaturani yo'q qilib, mamlakat eshigini dunyoga ochganini aytdi.

Japarov BBC jurnalistiga bergan intervyusida Qirg'iziston uning qo'li ostida avtoritar boshqaruvga aylanib ketmaydimi, degan savolga u Prezident Shavkat Mirziyoyevni misol keltirib javob berdi.

Sadir Japarovga ko'ra, Mirziyoyev boshqaruvga kelgach, diktaturaga barham berdi va natijada mamlakatga sarmoya kirib kela boshladi. Xalqning hayoti farovonlashdi, deydi u.

"Bu har bir odamning o'ziga bog'liq bo'ladi. Menda avtoritar boshqaruvni o'rnatish niyati yo'q. O'rnatmaymiz. Bunga kuchimiz ham irodamiz ham yetadi. Buni vaqt ham ko'rsatadi.

Bizning kuchimiz qonun ustuvorligi va adolat diktaturasini o'rnatishga yetadi. Xudo xohlasa o'rnatamiz.

Sizga bir misol keltirayin. Qo'shni O'zbekistonni oling.

Karimov davrida kuchli diktatura edi. Uni butun dunyo bilardi, qo'shni davlatlar va biz ham bilganmiz.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kelgach diktaturani olib tashlab dunyoga eshigini ochdi. Eshigini ochgandan keyin hozir qanday o'zgarishlar bo'lyapti.

Agar diktaturani o'rnataman desa Islom Karimovning diktaturasini davom ettirib ketsa bo'lar edi. Ammo davom ettirmadi-ku.

Bu har bir odamning o'ziga bog'liq. Bo'lmasa Islom Karimov bilan ishlashib kelgan, birga boshqargan. U kishi vafot etgandan keyin hokimiyat qolgach, barcha diktaturani yo'q qilib, dunyoga eshigini ochdi. Qo'shni davlatlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan birga ishlab, hozir investitsiya kirib misli ko'rilmagan darajada iqtisodiy o'sish bo'lyapti.

Xalqning turmushi ham farovonlashyapti. Shuning uchun ham hammasi odamning o'ziga bog'liq, deb aytaman. Agar mening ham diktatura o'rnatgim kelsa, o'zimning qo'limdada. Bu qonunlar qanday yozilishi, bosh qomusning qanday yozilishiga bog'liq emas. O'rnataman, desang o'rnataverasan. Ammo biz bunday qilmoqchimasmiz.

Sababi hyech kim benuqson emas. Bizning ham zamonimiz o'tadi. Besh yil, o'n yildan keyin o'tadimi, bizning ham vaqtimiz tugaydi. Boshqa zamon keladi.

Inson hayoti davomida zamon, yashash tarzi o'zgarib turadi. Shuning uchun ham bunday narsalardan uzoqdamiz. Biz ertangi kunimizni o'ylashimiz kerak", deydi Japarov.

Eslatib o'tamiz, Sadir Japarov Qirg'izistonda joriy yilning 10 yanvar kuni muddatidan oldin o'tkazilgan prezidentlik saylovida g'alaba qozondi. U 28 yanvar kuni qasamyod keltirib, rasman Prezident lavozimida ish boshladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
201
0
xs.uz

Isroildagi legionerlar klublaridan tekinga ketishi mumkin

Yaqin Sharqda, ayniqsa Isroil va Eron oʻrtasidagi harbiy-siyosiy keskinlik kuchaygani sababli, FIFA Isroil klublarida toʻp surayotgan xorijlik futbolchilarga hech qanday tovon toʻlamasdan jamoalarni tark etishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda 'The One' nashri xabar berdi. FIFA bu kabi holatlarda futbolchilarning xavfsizligini ustuvor deb biladi va shunga muvofiq favqulodda choralar koʻrishga tayyor.Ushbu holat yuzasidan amaliy misollar allaqachon paydo boʻlgan. Jumladan, Isroilning 'Xapoel

18 Jun 21:56
 
200
0
xs.uz

Eron AQSH bazalariga hujum qilish uchun raketalarni tayyorlab qoʻydi — OAV

Qayd etilishicha, AQSH allaqachon Yevropaga oʻttizga yaqin tanker samolyotlarini joʻnatgan boʻlib, ulardan Qoʻshma Shtatlar bazalarini himoya qiluvchi qiruvchilarga yordam berish mumkin. Maqolada aytilishicha, ular Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarba berishda ishtirok etuvchi bombardimonchi samolyotlar safini oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin.Avvalroq, 'The Wall Street Journal' AQSH prezidenti Donald Tramp bir qancha variantlarni, jumladan Vashingtonning Eronga ehtimoliy zarbasi

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
131
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori