calendar 29 Jan 12:20
eye 124
comments 0
comments Manba: xs

Nuriston shaharchasi aholisi elektr tez-tez oʻchib qolayotganidan norozi

image

Talimarjon IES va «Shoʻrtan gaz-kimyo» majmuasi mutaxassislari va ularning oilalari istiqomat qilayotgan Nuriston shaharchasi, unga yondosh bir qator qishloqlarda elektr tez-tez oʻchib qolyapti. Mamlakatning gigant elektr korxonasi — Talimarjon IES joylashgan hududda,qolaversa oʻzlari shu sohada mehnat qilayotgan kishilar elektrdan toʻliq bahramand boʻla olmayotgani aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Yaqinda OʼzLiDePdan saylangan Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati Ibrohim Halilov, partiyalar faollari, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti oʻqituvchilari, Nishon tumani Kengashi deputatlari, kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida Nuriston shaharchasidagi madaniyat saroyida “Deputat va saylovchilar” uchrashuvi oʻtkazilayotgan paytda ham elektr oʻchgan, anjumanlar saroyi juda sovuq edi.

I. Halilov saylovchilarga hisobot berar ekan, aynan elektr masalalariga ham toʻxtalib oʻtdi.

— 2021-yilning yanvar oyida Nishon tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalariga 28 ta deputatlik soʻrovi chiqarib, shundan 5 tasiga javob oldim, xolos, — dedi u. — Nishon tumani elektr tarmoqlari korxonasiga shu yilning 11-yanvar kuni deputatlik soʻrovi chiqargan boʻlsam, 10 kun ichida javob olishim kerak edi. Lekin ular javob berishni oʻzlariga ep koʻrishmadi. Eʼtibor beringlar, deputatlik soʻroviga aytilgan masala hal etilishi yoki etilmasligidan qatʼi nazar javob berilishi kerak. Chunki nega muammo yechilmayotganini deputat sifatida men bilishim va masalani hal etish uchun viloyatdagi yoki respublikadagi tashkilotlarga murojaat qilishim uchun asos boʻladi. Agar saylovchilarga bu haqda xolis axborotni yetkazsak, ular tushunishadi. Masalan, Talimarjon IESda nosozlik roʻy bergani, bu toʻxtalishlarga barham berilayotgani yoki Nishon tumanining baʼzi mahallalarida gaz yoʻqligi sababli aholi qishning sovuq paytida elektrdan koʻp foydalanayotgani, natijada elektr kuchlanishining oshib ketishi tufayli transformatorlar dosh bera olmayotganini nega xalqdan yashirishimiz kerak. Xalq bilan uchrashuvlar oʻtkazmay, ularning qoʻngʻiroqlariga, soʻrovlarga javob bermay yurish xalq oʻrtasida ishonchsizlikni kuchayishiga sabab boʻladi.

Xalq vakili — Ibrohim Halilovning fikrlarini aholi toʻgʻri qabul qildi va nafaqat elektr bilan bogʻliq balki boshqa ijtimoiy muammolar boʻyicha murojaat qilishdi. ahamiyatli jihati shundaki, I. Halilov anjumanlar saroyiga yigʻilgan 200 nafardan ziyod aholi vakillari orasidan nechta kishi murojaat qilgan boʻlsa, hammasi bilan gaplashib chiqdi. Zalda birorta murojaatchi qolmaganidan soʻng u qabulni toʻxtatdi.

Masalan, “Jayron” MFYda yashovchi Ergash ota Husunov, “Nuriston” MFY hududidan Oysoat Qoʻchqorova ichimlik suvi masalasida, “Nurchi” MFYdan Maqsuda Boʻriyeva tadbirkorlik qilish uchun kredit olish boʻyicha, “Kimyogar” MFYdan Fotima Jumayeva va Rayhon Xurramova hamda boshqa koʻplab saylovchilar elektr, ichimlik suvi, yoʻl, davlat sherikchiligi asosida bogʻcha qurish, QVP, maktab, transport muammolari yuzasidan deputatga murojaat qilishdi. Eng muhimi, aholi tomonidan koʻtarilgan barcha muammolar deputat nazoratiga oʻtdi. Buyogʻi deputatning xalq tomonidan turib, oʻz vakolatlaridan foydalangan holda ijro etuvchi mahalliy hokimlik va mutasaddi rahbarlar eʼtiborini shu muammolarga qaratishiga hamda hal etilishida qoldi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
21
0
xs.uz

18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu

18 Apr 11:07
 
25
0
xs.uz

Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi

Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad

16 Apr 15:12
 
36
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz

21 Apr 08:33
 
28
0
xs.uz

Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7