calendar 29 Jan 03:10
eye 44
comments 0
comments Manba: daryo

Navoiyda 10 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini bergan ota jarimaga tortildi

image

Navoiy viloyatida spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun avtomobil boshqaruvini 10 yoshli o‘g‘liga ishongan xatirchilik ota jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi rahbari Farruh Yakubov ma’lum qildi.

Kadr: Videodan skrinshot

Ta’kidlanishicha, viloyatning Qiziltepa tumanida YPX xodimlari tomonidan mast otaning o‘z Matiz’ini 10 yoshli farzandiga ishonib bergani aniqlanib, otaga nisbatan ma’muriy chora belgilangan.

Fuqaro Q.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ushbu moddaga ko‘ra, huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida — 1 million 115 ming so‘m jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 8 yoshli bola harakatga keltirgan Lacetti Toshkentdagi Makro supermarketi ichiga kirib ketgani, Surxondaryoda 14 yoshli “haydovchi” xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda Labo haydab ketayotgani hamda Samarqandda 14 yoshli bola boshqaruvidagi Tracker YTHga uchrashi oqibatida haydovchining tengdoshi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)