calendar 28 Jan 22:10
eye 39
comments 0
comments Manba: daryo

Konor Makgregor UFC’dagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani hisoblab chiqildi

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-5) promoushendagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani ma’lum qilindi.

Foto: The Sun

The Sports Daily ma’lumotlariga ko‘ra, Konor UFC’dagi 13 ta jangidan 20 million 102 ming dollar ishlab olgan.

Mazkur hisob-kitoblardan irlandiyalik sportchining faqat kafolatlangan gonorarlari va jang natijasidan olgan bonuslari o‘rin oldi. Televizion huquqlar sotilishidan tushadigan ulush va boshqa shunga o‘xshash daromadlar hisobga olinmagan.

Quyida Makgregor har bir musobaqada qancha mablag‘ ishlab topgani bilan tanishing:

UFC on Fuel TV (Markus Brimeyj) — 24 ming dollar

UFC Fight Nigt (Maks Hollouey) — 82 ming dollar

UFC Fight Night (Diyegu Brandan) —  82 ming dollar

UFC 178 (Dastin Porye) — 200 ming dollar

UFC Fight Night (Dennis Zifer) — 220 ming dollar

UFC 189 (Ched Mendes) — 580 ming dollar

UFC 194 (Joze Aldo) — 590 ming dollar

UFC 196 (Neyt Dias) — 1 mln 90 ming dollar

UFC 202 (Neyt Dias) — 3 mln 90 ming dollar

UFC 205 (Eddi Alvares) — 3 mln 90 ming dollar

UFC 229 (Habib Nurmagomedov) — 2 mln 980 ming dollar

UFC 246 (Donald Serrone) — 3 mln 60 ming dollar

UFC 257 (Dastin Porye) — 5 mln 20 ming dollar

Jami — 20 mln 102 ming dollar.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Konor 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy jangida Dastin Poryega mag‘lub bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori

Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida