Toshkent viloyatida IIB ro‘yxatida turuvchi yuzlab yoshlar harbiy poligonga olib ketildi. Ba’zi ota-onalar bundan bexabar qolgan

Toshkent viloyatida IIB ro‘yxatida turuvchi yuzlab yoshlar harbiy poligonga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. “Kun.uz”ning yozishicha, ota-onalarning ayrimlari farzandlari qayerga olib ketilganidan bexabar qolgan. Viloyat IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat hissini singdirish hamda ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish” bo‘yicha bergan topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Jumladan, qabul qilingan qarorga asosan Toshkent viloyatining shahar-tuman IIOda profilaktik hisobda turgan, ilgari jinoyat sodir etib, tuzalish yo‘liga kirmagan, foydali mehnat turi bilan shug‘ullanmasdan yurgan 200 nafar yoshlar bilan ishlab chiqilgan 10 kunlik o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qitish belgilangan va ular 2021-yilning 27-yanvar Chirchiq shahridagi harbiy okrugga qarashli dala o‘quv poligoniga olib borilgan.
Dastur bo‘yicha ularga ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, harbiy huquq, O‘zbekiston tarixi, harbiy tayyorgarlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ularning mehnat bozoriga kerakli kasb bo‘yicha mutaxassis tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha ham qiziqishlariga qarab darslar beriladi.
Shu bilan birga, 27-yanvar kuni davlat rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham bir qator ustuvor vazifalar ichki ishlar organlari va prokuratura zimmasiga yuklatildi. Xususan, IIO hisobida turgan yoshlar bilan alohida ishlarni tashkil qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qiziqishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va boshqa vazifalar.
Shuningdek, Bosh boshqarma axborot xizmati boshlig‘i Bobur To‘laganov harbiy poligonga olib kelingan yoshlar 10 kunlik dastur asosida ma’naviy-ma’rifiy darslar, huquq soatlari, harbiy va kasbiy tayyorgarlik mashqlarida qatnashishini, ular 3 mahal issiq ovqat va turar joy bilan ta’minlanishini ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, mashg‘ulotlardan so‘ng ularga mehnat birjasi orqali munosib ish topib berish maqsad qilingan. Ushbu mashg‘ulotlar ixtiyoriy bo‘lib, harbiy poligonga olib kelinganlarning deyarli barchasi bu yerdagi holatdan roziligini, muqaddam sudlangan yigitlarning ayrimlari hali ham tuzalish yo‘liga o‘tmagani, yomon xulqidan shikoyat qilingani uchun ota-onasining iltimosi bilan keltirilgan.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion
YPH faoliyatidan
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is