Navoiy viloyatida joriy yil 84 million metr kub suv tejaladi


Maʼlumotlarga koʻra, respublikamizda yiliga oʻrtacha 52 milliard metr kub suv ishlatiladi. Shundan 80 foizi transchegaraviy daryolar hissiga toʻgʻri kelib, olingan suvning 90 foizidan mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi sohasida foydalanadi.
Yildan yilga suvga boʻlgan talab ortib bormoqda. Bu esa oʻz-oʻzidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda ham suvdan oqilona va samarali foydalanishni, sugʻorish ishlarida tejamkor texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etmoqda.
Shu maqsadda joriy yil Navoiy viloyatida 13 ming 25 gektar maydonga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish koʻzda tutilgan. Shundan 12 ming 474 gektari tomchilatib, 551 gektari esa yomgʻirlatib sugʻorish hissasiga toʻgʻri keladi. Yangi texnologiya tomchilatib sugʻorish yoʻlga qoʻyiladigan ekinzorlarning 10 ming gektarini paxta, 1 ming 188 gektarini ozuqabop ekinlar, 724 gektarini tokzor, 579 gektarini mevali bogʻlar tashkil etsa, 551 gektar ozuqabop ekin maydonida yomgʻirlatib sugʻorish usuli oʻzlashtiriladi.
Mazkur sugʻorish texnologiyalarini oʻrnatish 306 milliard 242 million soʻm xarajatni talab etadi. Tabiiyki, bunday mablagʻ viloyatning fermer va dehqonlariga ancha ogʻirlik qiladi. Shu bois davlatimiz tomonidan bu borada qator yengilliklar taqdim etilmoqda.
Xususan, viloyat miqyosida 2021-yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 96 milliard 643 million soʻm subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan 80 milliard soʻmi paxta maydonlarini tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini qoʻllashga yoʻnaltiriladi.
— Suv tejovchi texnologiyalari joriy qilingan maydonlarning iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻladi, — deydi «Oʻzagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Mehriddin Vohidov. — Viloyatimiz misolida aytadigan boʻlsak, 12 ming 474 ming gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish natijasida 84 million kub metr suv tejaladi. Shuningdek, mineral oʻgʻitlardan foydalanish hajmi 8,8 ming tonnadan 7,0 ming tonnaga qisqaradi. Yoqilgʻi moylash mahsulotlari sarfi esa 2,8 ming tonnadan 1,8 ming kamaytiriladi. Paxta maydonlarida hosildorlik gektariga 45-55 sentnerga yetkaziladi.
Viloyatning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hududlaridan biri sanalgan Xatirchi tumanida joriy yil 3 ming 648 gektarda tomchilatib sugʻorish joriy qilinsa, bu koʻrsatkich Qiziltepada 3 ming 220, Karmanada 2 ming 955, Navbahorda 2 ming 550, Nurota tumanida esa 652 gektarni tashkil etadi.
Ayni kunlarda fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalari tomonidan suv tejamkor texnologiyalar joriy etiladigan ekin maydonlarda lazerli uskuna yordamida yerlarni tekislashni yoʻlga qoʻyilib, bu «Oʻzagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi hamda tuman boʻlimlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda
Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi
5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi