calendar 28 Jan 05:40
eye 45
comments 0
comments Manba: sof

Qashqadaryoda nima gaplar? Aholi 18 soatlab elektrsiz qolmoqda

image

Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Yakkabog', Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, G'uzor, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahrida elektr taʻminotida 16-18 soatgacha, qolgan tumanlarda esa 8-10 soatgacha ham uzilishlar sodir bo'lmoqda. Bu haqida "Daryo"ga "Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati maʻlum qilgan.

Taʻkidlanishicha, yagona energetika tizimida quvvat tanqisligi yuzaga kelganligi sababli tizimda turg'un ish rejimini saqlash, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan avariyalarning oldini olish maqsadida «Milliy elektr tarmoqlari» AJga qarashli dispetcherlik xizmatlari tomonidan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektr energiyani cheklash va avariyaga qarshi avtomatika tizimlar ishga tushirilmoqda.

"Xususan Yakkabog'-2 yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ini deyarli muntazam ravishda cheklashga o'chirilishi natijasida ichimlik suvi taʻminoti tizimiga qarashli nasos stansiyalarini elektr energiyasi bilan taʻminlash imkoni bo'lmayapti. Bu esa o'z navbatida viloyatimiz hududlarida ichimlik suvi taʻminotida ham uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.

"Milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli dispetcherlik xizmatlari tomonidan cheklashga o'chirilishi yoki avtomatika tizimlari ishlashi oqibatida elektr taʻminotida cheklovlar kuzatilayotgani hamda uning sabablari yuzasidan OAV orqali izoh berib borish bilan bir qatorda elektr taʻminoti bo'yicha bildirilayotgan eʻtiroz va noroziliklarni bartaraf etish maqsadida elektr energiyasi yetkazib berishning sutkalik topshirig'ini oshirishga amaliy yordam so'rab mutasaddi tashkilotlarga murojaat etib kelinmoqda", deyiladi masʻul tashkilot axborotida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qarshi shahrining ayrim hududlari olti soatlab elektrsiz qolayotgani xabar berilgandi. Shundan so'ng, viloyat hokimi tizimdagi muammolarni bartaraf etishni so'rab Bosh vazirga murojaat qildi. Bosh vazir vaziyat ikki kunda o'nglanishini bildirdi. Shundan keyin ham Qashqadaryoda elektr uzilishlari davom etdi va hududda suv taʻminoti ham to'xtab qoldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
31
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun

12 Apr 21:15
 
26
0
xs.uz

Xitoy AQSHga javoban uning tovarlariga 125 foizlik bojlar joriy etdi

Bojlar joriy etilishidan avval Xitoyning AQSH tovarlariga nisbatan boj stavkalari barcha mahsulotlarga tatbiq etilmagan va asosan 10 yoki 15 foizni tashkil etgan.Nashrning Xitoy savdo vazirligiga tayanib yozishicha, Vashingtonning haddan tashqari yuqori tariflardan foydalanishi iqtisodiyotni raqamlar oʻyiniga aylantirib yubordi va bu yana davom etsa, Xitoy bunday choralarni eʼtiborsiz qoldiradi.Taʼkidlash joiz, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi har yili qariyb 700 milliard dol

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ

Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н

20 Mar 12:50
 
63
0
postda.uz

BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI

– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar