calendar 27 Jan 15:20
eye 70
comments 0
comments Manba: xs

Boshlangʻich narxi 1 soʻmdan boʻlgan 14 ta davlat mulki 1,3 mlrd. soʻmga sotildi

image

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida boshlangʻich narxi 1 soʻmlik davlat aktivlari savdosi qizgʻin oʻtkazilmoqda. Buni oʻtgan hafta davomida 14 ta boʻsh binolarning realizatsiya qilinganida ham koʻrish mumkin.

Onlayn auksionda boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan 14 ta davlat mulki 1,3 mlrd.soʻmga sotildi va ushbu auksionlar gʻoliblariga jami 32 mlrd.soʻm miqdorida investitsiya kiritish hamda 267 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyati ham yuklatildi. Bu haqda “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR-xizmati maʼlum qildi.

«Yuqori narxlarda sotilgan davlat obyektlarining ayrimlari bilan tanishing:

1. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan sobiq silga qarshi kurash dispanser binosi 505 mln.soʻmga sotildi. Davlat obyekti 6 sotix yer maydoniga ega boʻlib, gʻolib 12 oy muddatda 800 million soʻm investitsiya kiritib, mehmonxona faoliyatini tashkil etishi va kamida 12 ta yangi ish oʻrni yaratishi lozim.

2. Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan sobiq maktab filiali bino-inshootlari 74 mln.soʻmga sotildi. Auksion gʻolibi 12 sotix yer maydonida joylashgan mazkur davlat obyektiga 6 oy muddatda 300 million soʻm investitsiya kiritishi hamda kamida 15 ta yangi ish oʻrni yaratishi lozim.

3. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻm boʻlgan Namuna QVP bino-inshootlari 449 mln.soʻmga sotildi. Davlat obyekti 11 sotix yer maydoniga ega boʻlib, auksion gʻolibiga 12 oy muddatda 500 million soʻm investitsiya kiritish hamda kamida 12 ta yangi ish oʻrni yaratish majburiyati yuklatiladi.

Siz ham mazkur auksionlarda ishtirok etib, davlat aktivlarini ochiq va shaffof usulda yutib olishingiz mumkin. Ayni damda “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida 12,2 ming tadbirkorlik faoliyati uchun 151 ta boʻsh turgan davlat aktivi va 3,2 ming yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi savdoda turibdi» deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
21
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

18 Apr 11:08
 
34
0
xs.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O

15 Apr 07:06
 
39
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka