calendar 13 Oct 06:30
eye 49
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O'zbekiston ovozi jaranglashi kerak - prezident

image
Iqtisod
Havola olish
32 0 0

Chust pichog'i, Samarqand noni, Marg'ilon adrasi, kabi O'zbekiston brendlarini xalqaro bozorda faol targ'ib qilish mumkin - prezident.

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. Prezident huzurida bo'lib o'tgan navbatdagi onlayn yig'ilishda O'zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish va mahalliy tovar belgilarini yaratish masalalari ko'rib chiqildi. 

Xususan Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston korxonalari tomonidan bugungi kunda bor-yo'g'i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro'yxatdan o'tkazilganiga eʻtibor qaratdi va brendli mahsulotgina yaxshi sotilishini qayd etdi. 

- Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O'zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo'lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o'rin egallay oladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Masalan, Chust pichog'i, Samarqand noni, Marg'ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazib, xalqaro bozorda faol targ'ib qilish mumkin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yuridik universitetga tegishli topshiriqlar berildi. Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o'tkazish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, yig'ilishda intellektual mulk obʻyektlarini muhofaza qilish masalalari ham muhokama qilindi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini taʻminlash juda muhim. Intellektual mulk Evropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi.

O'zbekiston esa hozircha bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketgan. Mamlakat ichida yiliga 4500 ta intellektual mulk obʻyekti va 2000ta tovar belgilari ro'yxatdan o'tsada intellektual mulkdan samarali foydalanilmayapti. 

O'tgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta selektsiya yutug'i ro'yxatga olingan bo'lsada, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilgan xolos.

Shu bois bunday ilmiy yutuqlarning "elektron yarmarkasi"ni tashkil etish lozimligi taʻkidlandi va izxtirochilarni tadbirkorlar bilan bog'lash kerakligini taʻkidladi prezident. 

- Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog'lash kerak, - dedi Prezident.

Yana bir muammo – yurtimizda sanʻat va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalgan.Misol uchun, O'zbekiston kinoteatrlari, radio  va telekanallar tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilish va mualliflar manfaatini taʻminlash vazifasi yuklandi. 

- Intellektual mulk himoyasini mustahkamlay olsak, bu ham uchinchi Renessansga ishonchli poydevor bo'ladi, - dedi Prezident.

Undan tashqari, prezident O'zbekistonda sodir bo'layotgan yana bir voqeaga eʻtibor qaratdi. Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro'yxatdan o'tkazib olgan. Shu sababli O'zbekistonga xorijiy investitsiyalar kelishiga to'siq paydo bo'lmoqda. Prezident ana shunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko'rsatma berdi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
31
0
xs.uz

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi

5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

20 Mar 12:55
 
76
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

20 Mar 12:50
 
59
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi