calendar 07 Oct 14:20
eye 52
comments 0
comments Manba: zamin

Apple 13 oktyabr kuni taqdimot o'tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko'rsatiladi

image
Foto: Pixabay
Apple kompaniyasi jurnalistlarga yangi taqdimot marosimiga taklifnoma jo'natdi. Taqdimot marosimi 13 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Taqdimot marosimida aynan nima ko'rsatilishiga kompaniya rasman aniqlik kiritmagan. Ko'pchilik tahlilchilar Apple’ning yangi ayfonlarni ko'rsatishini taxmin qilmoqda.

The Wall Street Journal tahlilchisi Joanna Stern taklifnoma matni ayfonlarning ish samaradorligi, 5G tezligi va nisbatan tezroq quvvatlash moslamasi taqdim etilishiga ishora qiladi.

Sentyabr oyi boshida insayderlar 2020 yilda Apple birinchi marta bir vaqtning o'zida to'rtta model — 5,4 va 6,1 diagonalli ikkita iPhone 12 hamda 6,1 va 6,7 dyuymli ikkita iPhone 12 Pro smartfonlarini taqdim etishini maʻlum qilgan edi.

15 sentyabr kuni Apple taqdimot o'tkazib, yangi soatlar, aypadlar hamda kompaniyaning barcha servislariga yangi yagona obunani taqdim etgan edi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing