calendar 26 Sep 15:30
eye 59
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

MB O'zbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini maʻlum qildi

image
Iqtisod
Havola olish
44 0 0

O'zbekiston xalqaro zaxiralari 2020 yil boshiga nisbatan 5,4 milliard AQSh dollariga oshib, 1 sentyabr holatiga 34,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. O'zbekiston xalqaro zaxiralari bo'yicha maʻlumot Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan tasdiqlangan metodologiyaga muvofiq shakllantiriladi. Ushbu maʻlumotlar Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda eʻlon qilinadi.

Zaxiralar tarkibiga monetar oltin, chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar, XVJning mablag' jalb qilishga doir maxsus huquqlari va zaxira pozitsiyasi hamda xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlar kiritiladi.

O'zbekiston xalqaro zaxiralari 2020 yil boshiga nisbatan 5,4 mlrd. AQSh dollariga yoki 19 foizga oshib, 1 sentyabr holatiga 34,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

2020 yil boshidan COVID-19 pademiyasi oqibatida jahon iqtisodiyotida inqirozli holatlarning kuzatilishi oltin narxining 30 foizgacha keskin oshishiga sabab bo'lib, avgust oyida o'zining tarixiy eng yuqori darajasiga yetdi. Oltin narxlaridagi bunday keskin oshish surʻati faqatgina 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi davrda kuzatilgan.

Mazkur qulay sharoitdan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan avgust oyining o'zida 2,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida oltin eksporti amalga oshirilgan. Taʻkidlash joizki, bunda xalqaro zaxiralar tarkibidagi oltin miqdorining kamayishi bilan bir vaqtning o'zida valyuta aktivlarining mos ravishda oshishi kuzatiladi. Bu kabi amaliyot zaxiralarning umumiy hajmi o'zgarishiga taʻsir qilmaydi.

2020 yilning o'tgan 8 oyi tahlil qilinadigan bo'lsa, Markaziy bank tomonidan 5,8 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi oltin eksporti amalga oshirildi. Mazkur valyuta tushumining asosiy qismi mamlakatimizda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarga tijorat banklari orqali valyuta birjasi savdolarida sotiladi.

Qonunchilikka muvofiq, Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralarini to'ldirish uchun davlatning oltin sotib olishga bo'lgan ustuvor huquqini amalga oshiradigan davlat idorasi bo'lib, mamlakatda ishlab chiqariladigan oltinning asosiy xaridori hisoblanadi.

Markaziy bank tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalardan oltinni harid qilishda to'lovlar oltinning jahon bozorlaridagi o'rtacha narxidan kelib chiqqan holda har oyda milliy valyutada to'lab beriladi. O'z navbatida, mazkur mablag'lar korxonalar tomonidan byudjyet oldidagi majburiyatlarni bajarishga hamda ishlab chiqarish va investitsion faoliyatini amalga oshirishga yo'naltiriladi.

Bunda Markaziy bank tomonidan oltinning milliy valyutada sotib olinishi iqtisodiyotda pul massasining oshishiga hamda inflyatsiya darajasi o'sishi xavfining kuchayishiga taʻsir etishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, 2017 yil sentyabr oyidan boshlab pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni taʻminlashdagi rolini oshirish maqsadida Markaziy bank valyuta bozorida "neytrallik" tamoyillari asosida ishtirok etadi.

"Neytrallik" tamoyiliga ko'ra, ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olingan oltin ekvivalentidagi valyuta mablag'lari Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga yo'naltiriladi. Bunda qimmatbaho metallarni sotib olish natijasida muomalaga chiqarilgan pul mablag'larining iqtisodiyotdagi pul-kredit sharoitiga taʻsirini sterilizatsiya qilish maqsadida valyuta sotish hisobiga muomaladan qaytarib olinadi. Oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarda mazkur printsipga amal qilinishi pul-kredit siyosatining taʻsirchanligini oshirish va inflyatsiyaning jilovlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

"Neytrallik" tamoyilining qo'llanilishi natijasida xalqaro zaxiralardagi monetar oltinning ulushi deyarli o'zgarishsiz qolmoqda. Jumladan, oltinning ulushi 2018 yil 1 yanvar holatiga 50 foizni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yil 1 sentyabr holatiga 54 foizga yetdi, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

16 Apr 15:12
 
46
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

12 Apr 21:15
 
57
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max