BMTning to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida O‘zbekiston ma’lumotlari ijobiy tomonga o‘zgardi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.
Ma’lum qilinishicha, bunga sabab 2019-yilning 10—12-dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan o‘tkazilgan seminarda Statistika qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’tiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgan.
Natijada FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga ko‘ra, O‘zbekistonning “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014-yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta ko‘rib chiqqan. Qayta hisoblash natijasida ko‘rsatkichlar 2016—2018-yillar uchun 2,8 foiz (0,9 million kishi) va 2017—2019-yillar uchun 2,6 foizni (0,8 million kishi) tashkil etgan.
Bu ma’lumotlar 2020-yilning 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yig‘ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e’lon qilingan.
FAO ekspertlari 2019-yilgi (SOFI – 2019) yig‘ilishida O‘zbekistonning 2016—2018-yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko‘rsatkichlarini 6,3 foiz (2 million kishi) deb e’lon qilgan edi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1 foiz) va Turkmanistondan (5,4 foiz) keyin uchinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning iyunida FAO konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev ham nutq so‘zlagandi. Vazir konferensiyada butun dunyo e’tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan.
Oʻzbekistonda bugʻdoy narxini barqarorlashtirish boʻyicha yangi xalqaro loyiha ishga tushirildi
Bugʻdoy Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini, qishloq aholisining daromad manbalarini va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq mamlakat tashqi omillar, geosiyosiy xavflar va ichki bozorni tartibga solishning cheklangan imkoniyatlari tufayli narx tebranishlariga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekistonda Hukumati bir qator tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mazkur muammolarni hal qilish va milliy oziq-ovqat xavfsizligini mustahkaml
Soʻmning dollarga nisbatan qadri ketma-ket beshinchi kun ortdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 12-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,81 soʻmga tushdi va 12 646,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 8,99 soʻmga pasaydi va 14 461,34 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,35 soʻmga tushib, 160,88 soʻmni tashkil etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvda 'Vision Invest' va 'Riyadh Cables' kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko'rib chiqildi.Saudiyaning 'ACWA Power' va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Bugungi kunda qo'shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. 'Yashil' energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga
Shavkat Mirziyoyevning toʻrtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi eʼlon qilindi
Xonimlar va janoblar!Aziz mehmonlar!Avvalo, sizlarni ' hamkor davlatlarimizning yuqori martabali vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, biznes olamining yirik namoyandalarini to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida chin qalbimdan samimiy qutlayman.Tadbirimizda qatnashayotgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Janobi Oliylari, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso Janobi Oliylari, Qozog'iston Bosh vaziri O'ljas Bektenov Janobi Oliylari, Qirg'iziston Hukumati raisi Adilbek Qosimaliyev Ja