O'zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 46 ming nafardan oshdi

2020 yil 11 sentyabr soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 46 160 (+233) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 66 nafari Toshkent viloyatida hamda 50 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 183 nafar, Toshkent viloyatida 93 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 42 857 (+302) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 926 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.
Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.