calendar 11 Sep 02:30
eye 50
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Abdulaziz Kamilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi

image
Siyosat
Havola olish
23 0 0

Suhbat davomida O'zbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, RFda bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida to'xtalindi.

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. 2020 yilning 10-sentyabr kuni ShHTga aʻzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O'zbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamdaayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar izchil mustahkamlanayotgan va hamkorlikning yangi shakllariga ega bo'layotgan ko'p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni yuqori surʻatlarda rivojlanayotganidan mamnun ekanliklarini maʻlum qildilar.

Turli daraja va shakllarda, jumladan O'zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida bo'lib o'tadigan ikki tomonlama va ko'p tomonlama tadbirlarning tashkiliy jihatlari muzokaralarning alohida mavzusi bo'ldi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faollashtirish bo'yicha amaliy takliflarni ko'rib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu yo'nalishdagi faollikning pasayishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ko'rilayotgan choralarni ijobiy baholadilar.

Madaniy-gumanitar sohada, ilm-fan, taʻlim va sog'liqni saqlash yo'nalishlarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.

Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bog'liq ravishda Rossiya Federatsiyasida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida to'xtalindi.

Vazirlar oliy va yuqori darajadagi aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini ham muhokama qildilar.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
55
0
xs.uz

AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi

AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

18 Apr 11:08
 
46
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan