calendar 31 Aug 19:20
eye 53
comments 0
comments Manba: zamin

Bugun yurtimizda koronavirus bo'yicha vaziyat qanday kechdi?

image
Shu yilning 31 avgust kuni mamlakatimizda 365 holatda kasallik qayd etilgan bo'lib, barchasi tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent hamda Namangan viloyatlarida jami 456 nafar bemor sog'aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog'ayib, davolanish ko'rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og'ir, 147 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

15 Apr 07:06
 
27
0
xs.uz

Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining 'Gazzetta Ufficiale''hukumat gazetasi rasmiy saytida'eʼlon qilingan'roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.Aytish joiz, 'Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun' (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat soh

20 Mar 12:54
 
44
0
xs.uz

Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident

Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.'Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ay

20 Mar 12:53
 
48
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19