calendar 26 Aug 08:31
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir

Sayyorada koronavirusga chalinganlar 24 milliondan oshdi

image
image

Dunyo bo'ylab koronavirus infektsiyasini yuqtirish holatlari soni 24 milliondan oshdi. 

Worldometer resursiga ko'ra, 26 avgust kuni ertalabgacha dunyoda xavfli virusni yuqtirganlar soni 24 061 216 taga yetdi. 

Koronavirusga chalinish bo'yicha eng yuqori pog'onanini Qo'shma Shtatlar egallab turibdi. Mamlakatda 5 million 955 728 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan. COVID-19  bilan kasallanganlar soni bo'yicha birinchi o'ntalikka quyidagilar kiradi: Braziliya (3 million 674 176), Hindiston (2 million 234 474), Rossiya (966 189), Janubiy Afrika (613 017), Peru ( 607 382), Meksika (568 621), Kolumbiya (562 182), Ispaniya (423 224), Chili (400 985) va Eron (363 363). 

Xavfli virus tufayli sayyorada 823 513 kishi vafot etdi. 

Koronavirusni yuqtirganlardan 16 million 608 605 nafari davolandi,  6 million 629 098 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda ushbu kasallikka chalinganlar 39 790 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 35 983 nafari sog'aygan, 289 kishi vafot etgan. Hozirda mamlakatda 3 394 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ularning 294 nafari og'ir, 110 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

04 Apr 16:20
 
57
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

04 Apr 16:20
 
44
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu