calendar 19 Aug 15:30
eye 44
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 19 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1102)
65 0 0

Sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 968 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 968  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog'ayish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 334 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 32 557 nafarga yetdi. Sog'ayish ko'rsatkichi 88 foizga yetdi.

Ayni paytda 4 164 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (erkak), Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 247 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Xitoy shifokorlari

Xitoylik shifokor va mutaxassislarning navbatdagi guruhi birgalikda profilaktika, epidemiya ustidan nazorat, COVID-19ni davolash bo'yicha maʻlumotlar va tajriba almashish uchun Toshkentga yetib keldi. Mutaxassislar O'zbekiston-Xitoy tibbiyot markazida boshqa kasalliklar bilan og'rigan fuqarolarga zamonaviy va anʻanaviy davolash usullaridan foydalangan holda sifatli tibbiy xizmat ko'rsatadi.

Gripp va pnevmoniyaga qarshi vaktsinatsiya

O'zbekistonda sentyabr oyidan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi. ayni kunlarda gripp va pnevmaniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaktsinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ommaviy vaktsinatsiya sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 22,1 milliondan oshdi, 780 ming kishi vafot etdi, 14,1 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,5 mln), Braziliyada (3,4 mln), Hindistonda (2,8 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1102)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
34
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

20 Mar 12:54
 
46
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

12 Apr 21:14
 
24
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,