Oddiy fuqaro karantinni buzsa – 15 sutka, amaldorga esa «hayfsan»! «Uychidagi maishat»ga oydinlik kiritildi

Namanganning Uychi tumani hokimi deyilgan shaxs bir necha ulfatlari bilan karantinda maishat qilayoganiga oid lavlahalar tarqalgani haqida xabar berilgandi. Voqelikka bir qadar oydinlik kiritildi.
Uychi tumani hokimligi axborot xizmati rahbarining «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga maʻlum qilishicha, darhaqiqat, shunday ziyofat bo'lib o'tgan va u 28 iyun kuni tumandagi yemakxonalardan birida uyushtirilgan (maʻlumot uchun, 26 iyun holatiga ko'ra, Uychi tumani «qizil» hudud bo'lgan, shu bois tumandagi umumiy ovqatlanish muassasalarida ziyofat o'tkazish mumkin emasdi).
Eʻtiborli yangilik shuki, tarqalgan lavhada tuman rahbari deb qayta-qayta taʻkid etilgan shaxs aslida hokim emas, balki uning qurilish ishlari bo'yicha o'rinbosari Muxtorjon Bobojonov bo'lib chiqdi. «Bundan tashqari, ziyofatda tuman IIBning tashkiliy ishlar bo'limi boshlig'i Husanboy To'xtaboyev hamda Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi boshlig'i Nodirbek Isomiddinov ham qatnashgan», deyiladi xabarda.
Ziyofatda berilib doira chalayotgan fuqaro esa uychilik sozanda Muxtorjon Tursunov ekani aniqlangan.
Tuman hokimligi mutasaddisi «garchi ushbu holat dam olish kuni, ishdan tashqari paytda bo'lib o'tgan bo'lsa-da», kasb odobi va etikasiga to'g'ri kelmasligini taʻkidlagan. Unga ko'ra, Muxtorjon Bobojonov masʻul rahbar bo'la turib, karantin qoidalariga amal qilmagani, xatoga yo'l qo'yganligi va mazkur xatti-harakatlari uchun unga tuman hokimining 12 avgustdagi farmoyishi bilan «hayfsan» intizomiy jazosi qo'llanilgan.
Ayni paytda ziyofatda ishtirok etgan IIB xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Voqelik yuzasidan oxirgi xabar shu. Kafdekkina maʻlumot bilan tanishar ekansiz, ko'ngilda og'riqli savol tug'iladi. Mutasaddilar «karantin qoidalariga amal qilmay» maishat qilgani inkor etilayotgani yo'q. Shunga qaramay, hokim o'rinbosari «hayfsan» bilan qutilib qolyapti, xolos. Agar uning o'rnida oddiy fuqaro bo'lganida 15 sutka «ilib» ketishi ehtimoli yuz foizga teng edi. Shuning o'ziyoq amaldagi qonun-qoidalar oldida barcha barobar esmasligini ko'rsatmayaptimi?
IIB va DXM masʻullariga qanday chora ko'rilishi hozircha nomaʻlum. Ularga kelganda qonunlardan «quvvat» yo'qoladimi-yo'qmi, yaqin kelajakda ayon bo'ladi, nasib... "Zamin" yangiliklarini "Twitter"da kuzatib boring
Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi
'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar