TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Dariga Nazarboyevaning to'ng'ich o'g'li Nurali Aliyev ukasi Oysulton Nazarboyev xotirasiga bag'ishlab taʻsirli videoni Facebook'dagi sahifasiga joylashtirdi.
Sputnik Qozog'iston yozishicha, videoda oilaviy arxivdan suratlar aks etgan.
Nurali Aliyev video ostida, ingliz tilida:
"Mening qadrdon ukam, hozir nimani his qilayotganimni tushuntirish uchun so'z topa olmayapman. Senga aytmoqchi bo'lgan ko'p narsalar aytilmasdan qoldi. Sen mening xotiramda abadiy qolasan, men seni doim yaxshi ko'raman", - deb yozgan.
Videoga mashhur The Weeknd "Final Lullaby" qo'shig'i qo'yilgan.

Kuni kecha Londonda Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev vafot etgani haqida xabar berildi. Dastlabki maʻlumotlarga ko'ra, unning yuragi to'xtagan. Oysulton 30 yoshda edi.