calendar 17 Aug 09:10
eye 44
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistondagi 13 yoshli abituriyent yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda. U futbol bilan shug‘ullanadi

image

Davlat test markazi joriy yilda OTMga o‘qishga topshirgan eng yosh abituriyent 13 yosh va eng yoshi katta abituriyent 95 yosh ekanligi to‘g‘risida xabar bergandi. O‘zA 13 va 95 yoshli abituriyentlarning hayoti ham yoshlar uchun, ham keksalar uchun ibrat, motivatsiya bo‘lishini hisobga olib, ular bilan suhbat qurishni niyatida surishtiruv olib bordi.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, surishtiruvlarni o‘tkazish jarayonida Xalq ta’limi vazirligiga jurnalistik so‘rovi yuborilgan hamda vazirlik tomonidan holatga aniqlik kiritilishida katta amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Dastlab 13 yoshli (14 yoshga to‘lmagan) ekanligi aytilayotgan X.A. ismli abituriyent maktabdagi o‘qishi davrida sinfdan sinfga ko‘chirilgan, ya’ni xalq tilida aytganda “sakragan” bo‘lsa kerak, degan variant ko‘rib chiqilgan. Ammo aniqlanishicha, u 2009/2010-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan hamda 2019/2020-o‘quv yilida o‘sha maktabning 11-sinfini tamomlagan.

X.A. o‘qish jarayonida 1-sinfdan 11-sinfgacha to‘liq ta’lim olgan, ya’ni o‘qish davrida sinfdan sinfga ko‘chirilmagan.

Ushbu ma’lumotlardan so‘ng o‘z-o‘zidan savol tug‘ildi, qanday qilib 13 yoshli abituriyent 2009-yilda maktabga chiqishi mumkin, axir bu paytda u atigi 2,5 yosh bo‘ladi-ku?

Shundan so‘ng, Xalq ta’limi vazirligi ko‘magi bilan X.A. istiqomat qiladigan tumanning FHDYO bo‘limi orqali uning tug‘ilgan vaqtiga aniqlik kiritildi. Berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, X.A. 2003-yil 3-dekabrda tavallud topgan. Bundan kelib chiqadiki, qahramon aslida 16 yosh (dekabr oyida 17 yoshga to‘ladi) hamda maktabning 1-sinfiga qabul qilingan paytda qariyb 6 yosh bo‘lgan.

Shundan so‘ng nima uchun Davlat test markazi ushbu abituriyentni 13 yosh deya e’lon qilganiga aniqlik kiritish uchun surishtiruv davom ettirilgan. Aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, X.A.ga 2019-yil aprel oyida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2006-yil 3-dekabrda tug‘ilganligi aks etgan fuqarolik pasporti berilgan. Fuqarolik pasporti rasmiylashtirilayotganda, hozircha ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, X.A.ning yoshi 3 yilga kichraytirilgan.

Shuningdek, surishtiruvlar davomida X.A. futbol bilan shug‘ullanishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston professional futbol ligasi bilan bog‘lanib, bu ma’lumotlar qanchalik rost yoki yolg‘onligini tekshirilgan.

“Dastlab bunday futbolchi O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tmagani ma’lum bo‘lgan. Ammo yoshni kichraytirish masalasiga qarshi keskin kurash olib borilayotganligi, O‘zPFL ham bu kabi qonun buzilishi holatlarining fosh bo‘lishidan manfaatdor ekanligini inobatga olib, boshqa hamkor tashkilotlar orqali mazkur faktni tekshirib berishlarini ta’kidlashdi”, — deyiladi xabarda.

O‘zPFL aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan X.A. haqiqatan futbol bilan shug‘ullanadi va tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida ro‘yxatda turgan, professional futbol ligasida hozircha o‘yinlar o‘tkazmagan.

Surishtiruv davomida aniqlangan yuqoridagi holatlarda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid jinoyat alomatlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, aybsizlik prezumpsiyasi nuqtayi nazaridan, xabarda abituriyentning ismi, yashash manzili va tahsil olgan maktabi oshkor qilinmagan. Surishtiruvlar davomida to‘plangan barcha materiallar qonun doirasida ko‘rib chiqilishi uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionlarning 40 tasida o‘tkaziladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan yangi dolzarb loyiha ishga tushirildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyoda 600 milliondan ortiq odam (har 10 kishidan bittasi) oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida kasallanadi va 420 ming kishi vafot etadi. Bu nafaqat sogʻliq, balki iqtisodiy yoʻqotishlarga ham olib keladi.Tez surʼatlar bilan oʻzgarayotgan dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha yangi muammolar bilan birga, uni taʼminlashning yangi imkoniyatlari ham yuzaga kelmoqda. Ushbu murakkab sharoitda barqaror va yuqori samar

12 Apr 21:15
 
33
0
xs.uz

Nurafshonda “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” ochildi

Ikki kun davom etadigan yarmarkada poytaxt viloyatidan 300 dan ziyod sanoat korxonalari 2,5 ming turdan ortiq, shuningdek, boshqa viloyatlardan kelgan 50 nafarga yaqin tadbirkorlar o'z mahsulotlari bilan qatnashayotir.Tadbir doirasida viloyat hokimi va tizim mas'ullari ishtirokida tadbirkorlar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda tijorat banklari tomonidan loyihalar uchun kredit mablag'i ajratish, soliq to'lovlari, yer-kadastr, investitsiya yo'naltirish kabi ko'plab masalalar yuzasidan yu

20 Mar 12:50
 
43
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
42
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion