calendar 17 Aug 04:30
eye 81
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Marsel yoningizda: To'dako'l plyaji ochilishidan reportaj

image
Turizm
Havola olish
27 0 0

Kuni kecha, 16 avgust kuni, plyaj ixlosmandlari uchun Navoiy viloyatidagi To'dako'l suv ombori sohilida zamonaviy "Silk Road Family Resort" kurorti o'z bag'rini ochdi. Ko'rkam va bir qarashda hashamatli bu maskan 2022 yilda to'liq qurib bitkaziladi.

... Yangi kurort ochilishi haqida eshitiboq, To'dako'l sari otlangan dam oluvchilarni ochilish marosimiga tashrif buyurgan sal kam 40 kishidan iborat jurnalistlar guruhi boshida biroz "shoshirib" qo'ygani rost. Sal oldin yangi plyaj va plyaj hududidagi basseynda miriqib cho'milib, O'zbekistonning dunyoga mashhur ko'zni qamashtiruvchi quyoshi ostida bo'shashib, toblanib yotganlar, birdan sergak tortib, ustilariga sochiqlarini yopib, ko'rinishidan, cho'milishga kelmagani ayon bo'lib turgan bu mikrofon va kamera ko'targan odamlarni qiziqsinab tomosha qilishga o'tishgandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

Hammasini boshidan boshlasak.

To'dako'l suv xavzasi - hozirgi, zamonaviy ko'rinishga kelgunga qadar, hatto ayrim bilimdonlar ham u borligi haqida eshitmagan, yoki bu yerga hordiq chiqarish mumkin, degan fikrdan yiroq bir maskan edi. Davlat rahbarining 19 iyundagi qarori bilan ko'l hududida turistik zonani tashkil etish nazarda tutildi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

Bu ishni shunchaki emas, balki qoyilmaqom qilib bajarish tashabbusi bilan buxorolik tadbirkorlar chiqqani uchun, bugun ko'pchilik plyaj Buxoroda joylashgan, deya adashmoqda. Ammo, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari rasmiylarining jurnalistlar oldida qilgan chiqishlaridan maʻlum bo'ldiki, bir viloyatda joylashgan turistik zonaga ikkinchi viloyat biznes doirasining investitsiya kiritishi bahsli hudud degan tushunchani yuzaga keltirmaydi. Aksincha, turistik oqimning ortishi, qolaversa, mahalliy aholining ham chet elga emas, shundoq yonginasida turgan Frantsiyaning Marselidan hyech kami bo'lmagan kurortda dam olishi ikkala viloyat byudjyeti daromadini oshirishidan tashqari, ikkisiga ham tegishli bo'lgan ishsizlik masalasini bir muncha hal etishga yordam beradi.

To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

To'dako'l kurorti 15 gektar maydonni egallagan va obʻyekt birinchi bosqichda - 500 nafar, ikkinchi bosqichda esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bugunning o'zidayoq 150 dan ziyod yangi ish o'rinlari yaratilgan. Shu bilan, To'dako'l kimniki, degan, ko'pchilik uchun tushunarsiz bo'lgan savolga nuqta qo'yildi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

...Havodan erkinlik nafasi ufurib turgan, to'lqinlar allalaydigan, suvi iliq To'dako'lda bo'lishni istasangiz, hozircha qariyb 30 kilometr noravon yo'lni bosib o'tishingizga to'g'ri keladi. Keyin ko'z oldingizda namoyon bo'ladigan manzara tufayli bir oz  toliqtiradigan bu adir-budir yo'llarni bir onda unutib yuborasiz. Kiraverishda issiqlik o'lchaydigan sanitar xodimning tekshiruvidan o'tib olsangiz bo'lgani, plyaj hududida ham ko'ngildagidek hordiq chiqarib, do'stlaringizdan kamida yuzlab "layklar"iga loyiq suratlarni olish mumkin.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

...Hozircha sanoqli bo'lgan palma daraxtlari va 3 mingta yangi ekilgan ko'chatlarni aytmaganda (dekorativ daraxtlar soni obʻyekt qurilib bitkazilganda 7 mingtani tashkil etishi kutilmoqda) , sohil bo'yi deyarli soyasiz - qumliklar va lojuvard ko'ldan iborat. Ammo istovchilar uchun soyabonlar ham bor. Chor atrofga Muslim Magomayevning "Sinyaya vechnost" umrboqiy taronasi yangramoqda. Beixtiyor, besh yillar oldinga nazar solasiz va loyiha to'liq bitgach qanday ko'rinishga kelishini ko'z oldingizga keltirishga urinasiz.

Kichik "Disneylend", 50 kishilik otel, kema ko'rinishidagi restoran, spa-salon, tabiat qo'ynidagi gumbazsimon shakldagi uylar... Ushbu loyiha tashabbuskorlarning "omad chiptasi"ga aylanishiga va eng ommabom turistik yo'nalishga aylanishiga, ishongingiz keladi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

Aytgancha, plyaj bugun barcha uchun bepul. Tez kunda odam boshiga 100 ming, bolalar uchun 50 mingdan narx belgilanishi aytilmoqda.

Bu pulga istalgancha cho'milishingiz, sohil bo'yida joy olgan yog'och lejaklardan foydalanishingiz mumkin.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
To'dako'l qirg'og'ida yangi dam olish maskanining ochilishi

Ha, sal vaqt o'tib, odamlar kameralarga ham o'rgandi, endi ularning hyech birini nishonga olib turgan operator qo'rqitmas, aksincha, dam oluvchilar o'zini chirpirak bo'lib suvga otib, Magomayevga jo'r bo'lib, qo'shiq aytib bugungi kundan, pandemiyadan keyin mahalliy hukumat tomonidan yaratilayotgan bu sharoitlardan quvonchdaligini namoyon etardilar.

Aytgancha, istiqbolda O'zbekistonning eng yaxshi plyaji nomiga hozirdanoq daʻvogarlik qilayotgan To'dako'lga Buxoro avtovokzalidan to'g'ridan-to'g'ri reyslar qo'yilishi ham kutilmoqda.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
47
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad

18 Jun 21:55
 
170
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

17 May 21:46
 
44
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

08 Jun 02:26
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat

2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat