calendar 14 Aug 16:30
eye 42
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Kunduzgi shaklda o'qiydigan barcha talabalarga 10 % chegirma beriladi

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1092)
75 0 0

Pandemiya sharoitida aholining to'lov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi to'lov-shartnoma asosida o'qiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Talabalarga kontrakt to'lovi bo'yicha yengilliklar berildi.

Pandemiya sharoitida aholining to'lov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi to'lov-shartnoma asosida o'qiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi.

Oliy va o'rta maxsus taʻlim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar ishlab chiqdi. Unga ko'ra:

- 2020/21 o'quv yilida amaldagi bazaviy to'lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o'qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi;

- OTMlar tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo'lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» ro'yxatidagi oilalar farzandlari bo'lgan talabalarga kontrakt to'lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko'rsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablag'lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 mln so'mgacha moliyaviy yordam ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tagan va OTMlarda to'lov-kontrakt shakli asosida o'qiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to'lash orqali moddiy yordam ko'rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so'mdan 3,4 mln.so'mgacha miqdorni tashkil etadi.

Qo'shimcha qilinishicha, OTMlarda taʻlim olish (o'zining, 26 yoshga to'lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʻlim olishi) uchun to'lovlarga yo'naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo'lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig'idan ozod qilingan bo'lib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt to'lagan oilaga bir yilda 770 ming so'mdan 1 mln 177 ming so'mgacha mablag' daromad solig'idan imtiyoz shaklida qaytadi.

To'lov-shartnoma asosida o'qiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat byudjyetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy taʻlim muassasalarida o'quv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta ko'rib chiqiladi hamda ularda qo'shimcha taʻlim xizmatlarni ko'rsatish hisobiga byudjyetdan tashqari mablag'larni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari ko'riladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1092)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:14
 
34
0
xs.uz

Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi

Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana

20 Mar 12:53
 
41
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg