calendar 09 Aug 10:20
eye 52
comments 0
comments Manba: zamin

So'x aholisi yer va mol-mulk solig'idan ozod qilinmoqda, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilmoqda

image
Farg'ona viloyatining So'x tumanida tadbirkorlik subʻyektlarini qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʻminlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida 2020 yilda jismoniy shaxslar yer solig'i va mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etiladi. Bu O'zbekiston Respublikasi prezidentining «2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida o'z aksini topgan.

Shuningdek, joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i amaldagi qatʻiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo'lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.

Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda So'x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratilishini taʻminlaydi.

Prezident qaroriga ko'ra, So'x tumani hokimiga Farg'ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 2022 yil 1 yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sug'oriladigan yer maydonlaridan tashqari yer uchastkalarini to'g'ridan to'g'ri ajratish huquqi berilmoqda.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
56
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

01 Jul 04:27
 
4
0
xs.uz

Sirdaryodagi ayanchli YTHda 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida 'Lacetti' rusumli transport vositasi yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib urilishi oqibatida 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa joriy yilning 19-iyun kuni tonggi soat 05:40 larda viloyatning Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 116-kilometrida yuz bergan.Mahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlum boʻ

31 May 08:49
 
42
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl

01 Jun 03:47
 
42
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga