So'x tumanini kompleks rivojlantirishga oid prezident qarori qabul qilindi

Prezidentning "2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori qabul qilindi. Hujjat matni Milliy axborot agentligi veb-saytida chop etildi.
Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasi 2020-2021 yillarda So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturini tasdiqlaydi.
Dasturga kiritilgan loyihalarning bajarilishini muntazam ravishda har oyda bir marta So'x tumanida, har chorakda bir marta respublika darajasida muhokama qilib borish va muammoli loyihalar yechimi yuzasidan zarur va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
Farg'ona viloyatining So'x tumanida tadbirkorlik subʻyektlarini qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʻminlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida:
- a) 2020 yilda jismoniy shaxslar yer solig'i va mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etildi;
- b) joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i amaldagi qatʻiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilandi;
- alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig'imni to'lashdan ozod qilindi.
Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo'lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda So'x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratadi.
Farg'ona viloyatining So'x tumani hokimiga Farg'ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 2022 yil 1 yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sug'oriladigan yer maydonlaridan tashqari yer uchastkalarini to'g'ridan-to'g'ri ajratish huquqi berildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi Farg'ona viloyati hokimligi bilan birgalikda tumandagi sog'liqni saqlash muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qiladi.
So'x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng ko'p miqdori 100 foiz o'rnatiladi.
So'x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga oylik qo'shimcha ustamalar, ijtimoiy nafaqalar hamda So'x tumani mahalliy byudjyetining soliqlardan berilgan imtiyozlari hisobiga vujudga kelgan yo'qotishlari joriy yilda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi hisobidan qoplab beriladi.
Farg'ona shahridan So'x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo'lga qo'yilishini taʻminlanadi. Farg'ona viloyati hokimligi bir oy muddatda So'x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo'nish maydonchalarini tashkil etadi.
Viloyat hokimligi, shuningdek, So'x tumani aholisi uchun Farg'ona viloyatining Yozyovon, Qo'shtepa, Bag'dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratadi.
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)